Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1220-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1220-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 2024-yil 26-avgustda kiritilgan “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1220-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-sentabr,
4806-IV-son