05.09.2024 yildagi 4805-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan budjet parametrlari doirasida amalga oshirilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda keng koʻlamli va izchil islohotlar amalga oshirilishi natijasida 2024-yilning birinchi yarim yilligida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 6,4 foizga oshgan. Bunday ijobiy oʻsish surʼatlari iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida kuzatilmoqda. Xususan, bozor xizmatlari 12,9 foizga, sanoat ishlab chiqarish 7,8 foizga, qurilish ishlari 10,1 foizga va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 3,8 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 229,3 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 36,6 foizga oʻsgan. Aholining real daromadlari 8,6 foizga oshib inflyatsiya darajasidan (5,2 foiz) yuqori boʻlganligi aholi farovonligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda olib borilayotgan ochiqlik siyosati natijasida hamkor davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligida mamlakat tashqi savdo aylanmasi 31,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,6 mlrd. AQSh dollariga oshganligi shundan dalolat bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tizimli islohotlar natijasida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari soni oʻtgan yilga nisbatan qariyb 21,5 mingtaga oshib, 833 mingtaga yetdi. Shu oʻrinda foyda va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 26,6 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotda qayd etilganidek, 2024-yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 121,0 trln. soʻmni tashkil etgan va 2023-yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga oshib, deyarli barcha soliq turlari boʻyicha belgilangan reja koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan. Davlat budjeti daromadlari tarkibida bevosita soliqlar 33,3 foizni, bilvosita soliqlar 33,1 foizni, resurs soliqlari 14,2 foizni va boshqa daromadlar 19,5 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining xarajatlari hisobot davrida 149,8 trln. soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 16,0 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida Davlat budjetidan ajratilgan xarajatlarning 49 foizi ushbu sohani rivojlantirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yilning birinchi yarim yilligida qoʻshilgan qiymat soligʻidan manfiy farqni qoplash uchun soliq toʻlovchilarga 14,2 trln. soʻm miqdorida, 2023-yilning mos davriga nisbatan 3,4 trln. soʻm koʻp qoʻshilgan qiymat soligʻi summalari qaytarib berilgan. “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichiga oʻtkazilgan jami 29,0 mingta loyihaga 3,3 trln. soʻm yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erishilgan ijobiy natijalar bilan birga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlaridan maqsadli foydalanish borasida ayrim kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, Davlat budjeti xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar baʼzi bir vazirlik va idoralar tomonidan toʻliq oʻzlashtirilmagan. Xususan, respublika budjetidan obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalariga ajratilgan mablagʻlar 22,5 foizga oʻzlashtirilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlarning 38,0 foizi, Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlarning 23,0 foizi oʻzlashtirilmay qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yaylov yerlarida shaxtali va tik quduqlar hamda nasos stansiyalarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun rejalashtirilgan subsidiyalar ishlatilmasdan qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan davlat xaridlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar imzolash hollari kuzatilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Ichki audit departamenti tomonidan oʻtkazilgan ichki audit tadbirlari davomida ushbu vazirlik tasarrufidagi budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tuzilishini oʻrganish natijasida 246,5 mlrd. soʻmlik samarasiz xarajatlar amalga oshirilganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot sohalarining barqaror faoliyat koʻrsatishi, Davlat budjeti daromadlarining prognoz koʻrsatkichlarini taʼminlash, makroiqtisodiy oʻsishni va narxlarning, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash orqali aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlarida koʻzda tutilgan loyihalar, ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish hamda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli hamda oqilona foydalanilishi ustidan taʼsirchan nazorat tizimini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2024 — 2026-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlariga erishishi hamda davlat maqsadli jamgʻarmalaridan yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning toʻgʻri va oʻz vaqtida sarflanishi, shuningdek ushbu mablagʻlarning natijadorligini taʼminlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini yanada takomillashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari tushumi barqarorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalarining hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslarning (shu jumladan ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarning) 2023-yil yakunlari boʻyicha sof foydasining 50 foizi miqdoridagi ajratmalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan oltin hamda mis qazib oluvchi korxonalar 2023 va 2024-yillardagi davlat ulushi boʻyicha sof foydasining 100 foizini hamda davlat ulushi boʻyicha dividendlarni Davlat budjetiga toʻliq undirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2024 — 2026-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlari ijrosi boʻyicha doimiy monitoringni olib borish hamda bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldirilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan amaldagi qonunchilik talablariga koʻra nazoratni taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining tegishli hisobot davridagi ijrosi koʻrib chiqilayotganda budjet daromadlari prognozi, shuningdek tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlari rejasi bajarilishini oʻrganish va bu borada parlament nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi yuzasidan vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini koʻrib chiqish jarayonida ularning ichki audit xizmatlari tomonidan avvalgi baholash natijalari asosida berilgan taklif va tavsiyalarning bajarilishiga eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4805-IV-son