Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashakkurnomasi bilan taqdirlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha komissiyaning tavsiyasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Faoliyati davomida oʻzining mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor boʻlganligi, shuningdek qonun hujjatlarini takomillashtirishga hamda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga, qabul qilinayotgan qonunlarning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qoʻshib kelgan salmoqli hissasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Doniyor Avazovich Ganiyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tashakkurnomasi bilan taqdirlansin.
2. Doniyor Avazovich Ganiyevga esdalik sovgʻasi topshirilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-avgust,
4681-IV-son