Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 2-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3255-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 12-iyundagi 26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3255, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3255/1031-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 13-sentabr,
174-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 13-sentabrdagi 174-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 13-ilovadagi “oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironlar” degan soʻzlar “oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 22-ilovadagi “oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironlar” degan soʻzlar “oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2024-y., 10/24/3255-1/0770-son)