Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 4-iyundagi 352-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida
Aholi punktlarining ekologik holatini yaxshilash, respublikada atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 4-iyundagi 352-son qaroriga 1-ilova quyidagi mazmundagi 5701-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
||
|
5701. |
8705 90 800 5 |
Daraxtlarni koʻchirish uchun moʻljallangan maxsus texnikalar |
|
”. |
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-sentabr,
613-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2024-y., 09/24/613/0769-son)