Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2021-yil 2-mart va Anqara, 2021-yil 23-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-iyun kuni qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2021-yil 2-mart va Anqara, 2021-yil 23-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2021-yil 2-mart va Anqara, 2021-yil 23-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 10-iyul,
SQ-946-IV-son