26.09.2024 yildagi PQ-339-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini sogʻlomlashtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, hududlarda aholi bandligini taʼminlash hamda daromad olishga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib joriy qilinsinki, unga muvofiq 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan toʻlov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Bunda mazkur xatboshidagi qoida tegishli oyda oldingi davr uchun qarzdorligi boʻlmagan issiqxona xoʻjaliklariga tatbiq qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha shartnomalardagi fors-major holatlaridan tashqari sabablarga koʻra bosim tushishi yoki uzilishlar boʻyicha issiqxona xoʻjaliklari va muzlatkichli omborxonalarni kamida 24 soat oldin “Hududgaztaʼminot” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan majburiy xabardor qilish amaliyoti joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
issiqxona xoʻjaliklari va gaz korxonasi oʻrtasida tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalari har 3 yilda bir marotaba tuziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gaz yetkazib berish shartnomalarining texnik shartlariga gaz uzatuvchi va gaz yetkazib beruvchi tashkilotlar uchun aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yoʻnaltirilgan umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxonalarga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bosimiga oid talablar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kredit shartnomasi shartlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan issiqxona xoʻjaliklarining kreditlari boʻyicha undiruv choralari, shu jumladan, sud tartibida, muddati oʻtgan qarzdorlik qismiga nisbatan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tijorat banklariga issiqxona xoʻjaliklarining kreditlari summasini muddatidan oldin toʻliq qaytarish boʻyicha sudga daʼvo kiritishga quyidagi hollarda ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish majburiy ijroga qaratilgan kundan boshlab 60 kalendar kuni davomida qarzdorlik toʻlanmaganda va toʻlov grafigi muddatiga rioya qilinmaganda (grafikka yetib olmaganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur band qoidalaridan qatʼi nazar, qarz oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 738 (qarz oluvchining majburiyatlarini taʼminlash) va 739-moddalari (kreditdan maqsadli foydalanish) talablariga rioya qilinmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan 220 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar 2024-yil 1-martga qadar tijorat banklariga yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan Markaziy bank asosiy stavkasidan yillik 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada oziq-ovqat yoʻnalishidagi, sohada mahsulot yetishtirishdan tortib uni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha boʻlgan qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga aylanma mablagʻlar uchun — 18 oy muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan imtiyozli kreditlar ajratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306-son qaroriga muvofiq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 gektar issiqxona uchun 500 million soʻmgacha kreditlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratilishi. Bunda loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish sharti bilan 24 oygacha ajratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1,5 milliard soʻmgacha eksportyorlarga revolver kreditlar aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda soʻndirish shartida 6 oylik imtiyozli davr bilan 36 oygacha muddatga ajratilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-aprelga qadar issiqxona xoʻjaliklarida ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish ishlarini tashkil etsin. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlgan korxonalarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energoservis (energoauditorlik) kompaniyalari va xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda korxonalarning ishlab chiqarish-texnologik jarayonlari energiya samaradorligini baholash tartibini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi borasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-339-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PQ-339-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Asosiy eksport bozorlari hisoblangan davlatlarning elektron savdo (xarid) platformalari bilan meva-sabzavot eksport qiluvchilarni integratsiya qilish choralarini koʻrish.

2024-2025-yillarda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Qudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov)

Bunda birinchi bosqichda eng yirik 100 ta meva-sabzavot eksport qiluvchilarni integratsiya qilish.

2024-yil yakuniga qadar

2.

Issiqxonalarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilish, jumladan issiqxonalarni yerni qazib, yer osti suvlari orqali isitish tizimini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Uch oy muddatda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov)

3.

Issiqxona xoʻjaliklariga yuqori kaloriyali import koʻmirni markazlashgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida yetkazib berilishini taʼminlash.

2024-2025-yil kuz-qish mavsumida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamaxmudov)

4.

Issiqxona xoʻjaliklarida ekilgan ekinlarni turlari boʻyicha “CropAgro” axborot tizimiga kiritib borish hamda elektron monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil yil yakuniga qadar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PQ-339-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111. Isteʼmolchi tomonidan tabiiy gazni yetkazib berish uchun tuzilgan shartnoma asosida yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshirilishi shart, issiqxona xoʻjaliklari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Issiqxona xoʻjaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan toʻlov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Bunda mazkur xatboshidagi qoida tegishli oyda oldingi davr uchun qarzdorligi boʻlmagan issiqxona xoʻjaliklariga tatbiq qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 119-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“119. Isteʼmolchilar hisob-kitob davri boshlanishidan kamida besh kun oldin tabiiy gazni yetkazib berish shartnomasida koʻrsatilgan oylik tabiiy gaz hajmi qiymati summasining 100 foizi miqdorida gaz taʼminoti tashkilotining hisob-varagʻiga toʻlovlarni oldindan amalga oshirishi shart, issiqxona xoʻjaliklari bundan mustasno”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2024-y., 07/24/339/0758-son)