Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1210-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1210-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 26-iyulda kiritilgan “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1210-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. SAIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-avgust,
4707-IV-son