20.09.2024 yildagi O‘RQ-964-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 21-iyunda ma’qullangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari tashqi va ichki tahdidlardan ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi munosabati bilan kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir choralar darajasini oshirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash, shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun kredit tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari faoliyatida hamda elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligini kuchaytirishga va kiberxavfsizlikni ta’minlashga, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar) 1551-moddasi ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi “o‘ta muhim” degan so‘zlar “konfidensial” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-582-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 217-modda, № 4, 340-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 11-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi, yigirma to‘rtinchi va yigirma beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), shuningdek banklar, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning va nobank kredit tashkilotlarining (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi), to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatida aniqlangan kiberxavfsizlikka oid hodisalar hamda tahdidlar to‘g‘risida Markaziy bank bilan tezkor axborot almashish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12-moddaning birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ninchi xatboshisidagi “mikromoliya tashkilotlarining, lombardlarning, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi)” degan so‘zlar “nobank kredit tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n yettinchi xatboshisidagi “banklar va nobank kredit tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi)” degan so‘zlar “kredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini aniqlaydi, ularning reyestrini shakllantirish hamda kiberxavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organ tomonidan belgilangan tartibga muvofiq kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborot tizimlari hamda resurslarini, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini ularning kiberxavfsizlik talablariga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining axborotlashtirish obyektlarini axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik auditidan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha reytingni yuritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit tashkilotlariga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga kiberxavfsizlikka tahdidlarning (shu jumladan bank kartalari bilan bog‘lik talon-torojliklarning) oldini olish va (yoki) ularni bartaraf etish yuzasidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi hamda normativ hujjatlar qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n sakkizinchi xatboshisi yigirma uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 17-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “maxfiydir” degan so‘z “konfidensialdir” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 58-modda uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “maxfiy” degan so‘z “konfidensial” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 60-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligiga” degan so‘zlar “axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-580-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2023-yil, № 4, 267-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105, 111-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 42-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan so‘zlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 48-modda uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “maxfiy” degan so‘z “konfidensial” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligiga” degan so‘zlar “axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yuborilgan ko‘rsatmalar ijrosini”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 54-modda birinchi qismining yigirma uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi, shuningdek bank axborot tizimlarida kibertahdid yoki kiberxavfsizlik hodisasi vujudga kelishiga olib keluvchi qonunchilik talablari buzilganligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri to‘g‘risida”gi 530-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda; 2022-yil, № 4, 337-modda) 7-moddasining to‘rtinchi qismidagi “tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar” degan so‘zlar “tashkiliy va texnikaviy, shu jumladan axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-aprelda qabul qilingan “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-30-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 156-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan so‘zlar “axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-moddaning ikkinchi xatboshisi “axborotni muhofaza qilish” degan so‘zlardan keyin “axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini ta’minlash” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 7-modda beshinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “maxfiy” degan so‘z “konfidensial” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 8-moddaning o‘zbekcha matnidagi “maxfiy” degan so‘z “konfidensial” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘RQ-395-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 451-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-moddaning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektron hukumat axborot tizimlarining va axborot resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini ta’minlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Elektron hukumat axborot tizimlarining va axborot resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini ta’minlash prinsipi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan so‘zlar “axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 15-modda ikkinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan so‘zlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 16-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligini” degan so‘zlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 786-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 7-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligi talablariga va” degan so‘zlar “axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga, shuningdek” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 8-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligi” degan so‘zlar “axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “axborot xavfsizligi va” degan so‘zlar “axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 17-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“to‘lov tizimining uzluksiz ishlashiga ta’sir ko‘rsatuvchi qoidabuzarliklarni Markaziy bankning birinchi ko‘rsatmasi yuborilgan kundan e’tiboran uch oy ichida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlashga ta’sir ko‘rsatuvchi qoidabuzarliklarni Markaziy bankning birinchi ko‘rsatmasi yuborilgan kundan e’tiboran uch oy ichida bartaraf etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 21-modda ikkinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisidagi “axborot xavfsizligi” degan so‘zlar “axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 22-modda uchinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni o‘z ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda to‘lov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini ta’minlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish bo‘yicha ko‘riladigan choralarning tavsifi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 23-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi “to‘lov tizimining uzluksiz ishlashiga” degan so‘zlardan keyin “shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlashga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 24-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xavfsizlik siyosati haqidagi, shu jumladan tavakkalchiliklarni batafsil baholashni o‘z ichiga olgan hujjat, shuningdek axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni hamda to‘lov xizmatidan foydalanuvchilarning himoya qilinishini ta’minlash uchun tavakkalchiliklarni, shu jumladan firibgarlik hamda konfidensial va shaxsga doir ma’lumotlardan qonunga zid ravishda foydalanish xavflarini kamaytirish bo‘yicha ko‘riladigan choralarning tavsifi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “Axborot xavfsizligi” degan so‘zlar “Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “Axborot xavfsizligi” degan so‘zlar “Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik rejimi buzilgan taqdirda, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar qoidabuzarlik aniqlanganidan keyin bu haqda hamda uning oqibatlarini kamaytirish uchun ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida Markaziy bankka tezkorlik bilan xabar berishi shart. Markaziy bank to‘lov tizimlarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik rejimi buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni hamda yuritishni amalga oshiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-765-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 4, 340-modda; 2024-yil, № 2, 114-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 28-moddaning birinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta’minlashga doir talablarni bajarmaganlik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshisi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “maxfiyligini” degan so‘z “konfidensialligini” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “Maxfiy” degan so‘z “Konfidensial” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-964-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son)