Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
Maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 20-sentabrdan roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2226-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 386-son “Geografik obyektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 25-apreldagi 21-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2226, 2011-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Maishiy xizmat koʻrsatish xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va yakka tartibda himoyalanishning boshqa vositalarini bepul berishning namunaviy normalarining 28-pozitsiyasidagi “ishchi posyolkalarida” degan soʻzlar “shaharchalarda” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-sentabr,
14-2224/B-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2024-y., 10/24/2226-1/0733-son)