Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
buyrugʻi
Avtobus yoʻnalishlari va shahar yoʻlovchi tashish transportining nollik masofalarini oʻlchash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2931-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PF-41-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-son “Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2017-yil 21-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2931, 2017-yil 21-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 38-son, 1061-modda) bilan tasdiqlangan Avtobus yoʻnalishlari va shahar yoʻlovchi tashish transportining nollik masofalarini oʻlchash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandidagi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan malakaliligi maʼqullangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-sentabr,
13-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2024-y., 10/24/2931-1/0727-son)