Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi Ustaviga (Rim, 2013-yil 29-noyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 30-aprel kuni qabul qilingan “Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi Ustaviga (Rim, 2013-yil 29-noyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʻyicha xalqaro tadqiqot markazi Ustaviga (Rim, 2013-yil 29-noyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 16-avgust,
SQ-960-IV-son