11.09.2024 yildagi PF-136-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoya sohasida qonunchilik ijrosini taʼminlash hamda uning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilishga masʼul vazirlik va idoralarning oʻzaro muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga masʼul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuraturaning tashkiliy-shtat tuzilmasida 7 ta shtat birligidan iborat Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalarida jami 28 ta shtat birligidan iborat Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlinmalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi kiritilayotgan Bosh prokuror oʻrinbosari zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya bilan birgalikda har haftada kamida bitta tuman (shahar)ga borib, kambagʻal oilalarni reyestrga kiritish va chiqarishning haqqoniyligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻal oilalarga berilayotgan mablagʻlar egasiga manzilli yetib borishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan masʼullarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoya va kambagʻallikni qisqartirish sohasida qabul qilinayotgan qonunlar talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlik Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi M.P. Olloyorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari M.P. Olloyorov va D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-136-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 06/24/136/0703-son)