Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3185-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 453-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining nomlarini oʻzaro muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 30-avgustdagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3185, 2019-yil 23-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/3185/3786-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotlar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda ushbu mahsulotlar fitosanitariya holatini oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-avgust,
20-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 10/24/3185-2/0702-son)