07.09.2024 yildagi 552-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.09.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati Urganch shahridagi obodonlashtirish muassasalarini maqbullashtirish va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatining Urganch shahri hududidagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maydonlarini saqlash hamda ulardan foydalanish ishlarini samarali tashkil etish, boshqarish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Urganch shahar hokimligi huzuridagi “Shovot” madaniyat va istirohat bogi” davlat unitar korxonasini Shovot kanali hududlarini obodonlashtirish uchastkasi sifatida Xorazm viloyati hokimligining Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Urganch obodonlashtirish boshqarmasi) qoʻshib olish orqali qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Urganch obodonlashtirish boshqarmasi Urganch shahar hokimligi huzuridagi “Shovot” madaniyat va istirohat bogi” davlat unitar korxonasining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Urganch shahar hokimligi huzuridagi “Shovot” madaniyat va istirohat bogi” davlat unitar korxonasining quyidagi vazifalari Urganch obodonlashtirish boshqarmasiga yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot kanali sohilida joylashgan obyektlarni hamda hududlarning shaharsozlik va sanitariya normalari hamda qoidalariga muvofiq sifatli saqlanishi va ulardan oqilona foydalanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shovot kanalining bogʻ hududini koʻkalamzorlashtirish, dov-daraxtlarni saqlash (parvarish qilish)ga doir agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, ularning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda, biriktirilgan hududning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, joriy taʼmirlash hamda ulardan oqilona foydalanish hamda boshqa ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda, obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatlov oʻtkazgan holda, “Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” davlat unitar korxonasining mol-mulki, asosiy vositalari, anjomlari va transport vositalarini hamda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan Urganch obodonlashtirish boshqarmasiga oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch obodonlashtirish boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalining qayta shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shovot” madaniyat va istirohat bogi” davlat unitar korxonasining ishlab kelayotgan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari mehnat qonunchiligiga muvofiq Urganch obodonlashtirish boshqarmasi bilan qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Shovot kanali hududlarini obodonlashtirish uchastkasi boʻlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda 2024-yil uchun belgilangan tegishli shtat jadvallari hamda xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yildan boshlab Xorazm viloyati mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda Shovot kanali hududlarini obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish va taʼmirlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Urganch shahrida “Shovot” madaniyat va istirohat bogʻi” davlat unitar korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-sentabrdagi 260-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
552-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 09/24/552/0695-son)