07.09.2024 yildagi PQ-312-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning uzluksizligi va barqarorligini taʼminlash, bank va mikromoliyalashtirish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida quyidagi mexanizmlar amaliyotga joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir loyiha doirasida 300 million soʻmgacha mikrokreditlarni, shundan 100 million soʻm garovsiz qismini “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) mablagʻlari hisobidan, 200 million soʻmgacha qismini banklar va mikromoliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — mikrokredit beruvchilar) oʻz mablagʻlari hisobidan ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovsiz ajratilgan 100 million soʻm doirasida mikrokreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini davlat va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash yoki ular boʻyicha Kompaniyaning portfel kafilligini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan 100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish tizimiga oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Dastur doirasida 100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha mikrokredit beruvchilar tomonidan kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi. Bunda kichik tadbirkorlik subyektlarini tanlab olishda boshqa talablar va mezonlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-noyabrdan boshlab kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan hudud toifasidan kelib chiqqan holda Kompaniya tomonidan mikrokredit beruvchilarga quyidagi stavkalarda qayta moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-toifa uchun — 12,5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-toifa uchun — 13,5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-toifa uchun — 14,5 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-toifa uchun — 17,0 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-toifa uchun — 18,0 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yillik stavkasi 24 foizdan oshganda yoki 1 — 3-toifadagi tumanda (shaharda) savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan bogʻliq loyihalar uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga ajratilganda, Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilmaydi va ular boʻyicha portfel kafilligi taqdim etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablagʻlari bilan taʼminlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kompaniyaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dastlabki ajratiladigan 3 trillion soʻmni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish uchun — 11,5 foiz stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolarini ish bilan taʼminlagan kichik va oʻrta biznes subyektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish oʻrniga qoʻshimcha ravishda 10 million soʻmgacha, biroq 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratilgan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish uchun 9 foiz stavkada 3 yil muddatgacha joylashtiradi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kelgusida mablagʻlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan ikki foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mikrokredit beruvchilar tomonidan 7 yilgacha boʻlgan muddatga ajratilgan 100 million soʻm doirasidagi mikrokreditlar Kompaniya tomonidan 10 (oʻn) ish kunida qayta moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mikrokreditlar Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirilganda yoki ular boʻyicha portfel kafilligi berilganda, mazkur mikrokreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmonida nazarda tutilgan kompensatsiya taqdim etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-noyabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Kompaniya mikrokredit beruvchilarga joylashtiradigan resurs mablagʻlarining tegishli qismi quyidagi miqdorlarda garov depoziti sifatida qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-toifadagi tumanda (shaharda) roʻyxatdan oʻtgan va shu hududda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha — 80 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-toifadagi tumanda (shaharda) roʻyxatdan oʻtgan va shu hududda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha — 60 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-toifadagi tumanda (shaharda) roʻyxatdan oʻtgan va shu hududda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha — 40 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2-toifalardagi tumanda (shaharda) roʻyxatdan oʻtgan va shu hududda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha — 20 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mikrokredit beruvchilar tomonidan ajratilgan hamda Kompaniya resurslari hisobidan qayta moliyalashtirilmaydigan 100 million soʻm doirasidagi garovsiz mikrokreditlar boʻyicha Kompaniyaning portfel kafilligi taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kafillik boʻyicha toʻlab berish majburiyati mikrokredit boʻyicha qarzdorlik muddati oʻtgan sanadan 90 kun oʻtgandan soʻng bajariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish uchun Kompaniya tomonidan olingan mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mikrokredit soʻndirilishiga qarab qaytariladi. Bunda mikrokreditni soʻndirish boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi natijasida mikrokredit beruvchilar tomonidan Kompaniyaga qaytarilmagan mablagʻlar boʻyicha Kompaniyaning Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Dastur doirasida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlaridan foydalanish uchun amaliy oʻquv kurslarini tugatganlik toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mikrokredit beruvchilarni uzluksiz ravishda qayta moliyalashtirish maqsadida Kompaniyani zarur moliyaviy resurslar bilan doimiy ravishda taʼminlab borish choralarini koʻrib borsin, shu jumladan, bir oy muddatda 3 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kompaniyaga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qoʻyiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha tavakkalchiliklarni oʻzaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha portfel kafilliklar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kompaniya kuzatuv kengashiga (J. Qoʻchqorov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafillik boʻyicha banklar oldidagi majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq tartibotlarni soddalashtirish va muddatlarni qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining kredit tarixi va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda kafillik boʻyicha tabaqalashtirilgan xizmat haqlarini joriy qilish choralarini koʻrish vazifasi yuklatilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mikrokredit beruvchilarga ajratiladigan resurslar va ushbu resurslar hisobidan beriladigan mikrokreditlar boʻyicha eng yuqori foiz stavkalarini mustaqil ravishda belgilash, mikrokredit miqdorlari, kredit tavakkalchiligini taqsimlash, portfel kafilliklarini taqdim etish va qayta moliyalashtirish miqdorlari va shartlarini oʻzgartirish hamda bozor talabidan kelib chiqqan holda boshqa mexanizmlarni joriy qilish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mol-mulklarini baholashdan oʻtkazmagan holda uni Kompaniyaga qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma ustav kapitalidagi “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (keyingi oʻrinlarda — Biznesni rivojlantirish banki) ulushini nominal (balans) qiymatiga kamaytirish hisobiga Jamgʻarmaning “Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda 14 ta “Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushlari Biznesni rivojlantirish bankiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ulushini nominal (balans) qiymatiga kamaytirish hisobiga Biznesni rivojlantirish bankining Jamgʻarma ustav kapitalidagi 100 foiz ulushi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Kompaniyadagi ulushini oshirish hisobiga Kompaniyaga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Biznesni rivojlantirish bankining kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida asosiy tayanch bank sifatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda oʻsish va rivojlanish salohiyatiga ega boʻlgan tadbirkorlar faoliyatiga koʻmak berish va hamrohlik qilish boʻyicha mentorlar yoki yetakchi tadbirkorlar guruhini shakllantirish, bunda yil yakuniga qadar 24 ta mentorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida oʻsish va rivojlanish salohiyatiga ega tadbirkorlik subyektlarini tanlab olish orqali ularni individual yondashuv asosida oʻstirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hududda yuqori qiymat yaratuvchi yangi kichik tadbirkorlik subyektlari sonini oshirish yoki rivojlanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bankning xizmat koʻrsatish markazlarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda 100 ta yangi biznes yoʻnalishi boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-, 4- va 5-toifadagi hududlarda kichik tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar ajratish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrib borish borasidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-366-son qarori asosida Biznesni rivojlantirish bankiga Dasturni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan jami 300 million AQSH dollaridan 200 million AQSH dollari Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirilishi, 100 million AQSH dollari milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy yordamlarni taqdim etish doirasida Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlarining buyurtmasiga asosan asbob-uskuna va boshqa mol-mulklar hamda xomashyolar xarid qilishda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari tatbiq etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniyaga u tomonidan tuzilgan import shartnomalariga asosan tadbirkorlar mablagʻlari hisobidan 50 foizgacha boʻnak toʻlovlarini oʻtkazishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ilgari joylashtirilgan resurs mablagʻlari tasdiqlangan grafiklar asosida soʻndirilganidan soʻng Kompaniya tomonidan qayta moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit (lizing) mablagʻlaridan kredit (lizing) shartnomasida va/yoki buyurtmada koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanilmaganda, ushbu kredit (lizing) boʻyicha toʻlangan kompensatsiya mablagʻlari tijorat banki tomonidan Kompaniyaga qaytariladi. Bunda ushbu qoida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi bilan avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kompaniyani Toshkent shahridagi zaruriy infratuzilmaga ega boʻlgan maʼmuriy binoga joylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-312-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 07/24/312/0690-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)