Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining
buyrugʻi
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 6-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3368-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2022-yil 13-maydagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3368, 2022-yil 13-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 10/22/3368/0417-son) bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq 2024-yil 6-dekabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. BURXANOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-avgust,
64-son
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2024-yil 15-avgustdagi 64-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyat;”.
2. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Ekspertlar guruhi aʼzosi quyidagi hollarda, u yoki bu davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqishda manfaatlar toʻqnashuvi oʻziga maʼlum boʻlib qolgan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida oʻzini ushbu davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqishdan ozod qilish boʻyicha Ekspertlar guruhi rahbariga xabar beradi:
ushbu davlat tashkilotida ekspert yaqin qarindoshi masʼul mansabdor shaxs sifatida ishlayotgan boʻlsa yoki dastlabki reyting baholash natijalarini koʻrib chiqish obyekti (yuridik shaxs) unga aloqador shaxs boʻlsa;
ekspertning ushbu davlat tashkilotining jamoatchilik tuzilmalariga aʼzo ekanligi;
tegishli davlat tashkilotining litsenziyalar taqdim etish, mahsulotlar sotib olish va boshqa davlat xizmati koʻrsatish faoliyati bilan ekspertning bogʻliqligi mavjud boʻlsa;
boshqa har qanday mavjud manfaatlar toʻqnashuvi oʻziga maʼlum boʻlib qolsa.
Bunda, Ekspertlar guruhi rahbari tomonidan ushbu ekspertga manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotining dastlabki reyting baholash natijalari taqdim etilmasligi lozim.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2024-y., 10/24/3368-1/0686-son)