OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRINING
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30 avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-15]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son “Davlat veterinariya nazorati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi hamda 2023-yil 15-avgustdagi 386-son “Geografik obyektlarga nom berish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-avgust,
272-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 272-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 83-bandning oltinchi xatboshisidagi “posyolka” degan soʻz “shaharcha” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 89-bandning “l” kichik bandi beshinchi — yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tirik asalarilar solingan posilkalarda — “Ehtiyot qiling. Asalarilar. Quyoshda tutib turilmasin. Veterinariya sertifikati bilan” — “Ostorojno. Pcheli. Na solnse ne derjat. S veterinarnim sertifikatom”;
moʻyna va kemiruvchilar terisi solingan posilkalarda — “Moʻyna. Veterinariya sertifikati bilan” — “Pushnina. S veterinarnim sertifikatom”;
jun, dagʻal jun, soch, pat, momiq solingan posilkalarda — “Jun (dagʻal jun, soch, pat, momiq). Veterinariya sertifikati bilan” — “Sherst (shetina, volosi, pero, pux). S veterinarnim sertifikatom”;”.
3. 98-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “guvohnomasi” degan soʻz “sertifikati” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2024-y., 10/24/2219-15/0674-son)