28.08.2024 yildagi O‘RQ-948-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 20-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 18-mayda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda mahkumlarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, mahkumlar uchun kulay shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida mahkumlarni saqlash shart-sharoitlarini insonparvarlik nuqtai nazaridan yanada yaxshilashni nazarda tutuvchi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga qonunchilikka mahkumlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan muomaladan himoya qiluvchi, shuningdek mahkumlarning huquqlari buzilgan taqdirda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi institutlarga hamda xalqaro organlarga murojaat qilish huquqini taʼminlaydigan normalarni kiritish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishiga, shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga boʻlgan huquqlari, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga boʻlgan huquqi mustahkamlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yanada ishonchli himoya qilinishini, shuningdek jinoyat-ijroiya qonunchiligini xalqaro huquqning jazoni ijro etishga hamda mahkumlar bilan muomalada boʻlishga taalluqli prinsiplari va normalari bilan uygʻunlashtirishni taʼminlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda) kuyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat-ijroiya qonunchiligi qonuniylik, adolat, insonparvarlik, demokratizm, jazoni ijro etishda tabaqalashtirishga va yakka tartibda yondashishga rioya etish, majburlov vositalarini oqilona qoʻllash va mahkumlarning qonunga itoatkor xulq-atvorini ragʻbatlantirish, mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlish, mahkumlarning inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi kuyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilari tegishincha oltinchi-oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida hamda referendumda ishtirok etish huquqidan qonunga muvofiq va sudning hukmi asosida mahrum etilgan boʻlmasa, ular ushbu saylovlarda va referendumda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kuyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111-modda. Mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalarining xodimlari mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini va boshqa majburlov choralarini koʻllashda ushbu Kodeksda belgilangan asoslardan hamda tartibdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) kuyidagi mazmundagi 792-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“792-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay boʻlgan joyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaatlar qutisi oʻrnatiladi (bundan buyon matnda Ombudsman qutisi deb yuritiladi). Ombudsman qutisi tegishincha faqat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) yoki ularning kotibiyatlari xodimlari tomonidan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman qutisini oʻrnatish, undan foydalanish va u orqali murojaatlar yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 97-modda toʻrtinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “differensiatsiya” degan soʻz “tabaqalashtirish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-948-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 03/24/948/0667-son)