b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
2. Ushbu Nizom asosida menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlarga tashkilot direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
3. Nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini baholash hamda baholash natijasi boʻyicha davlat namunasidagi menejerlik sertifikati elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda beriladi.
9. Nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda roʻyxatdan oʻtadi hamda oʻquv kursida oʻqish uchun ariza topshiradi.
10. Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar oʻquv kursida oʻqimasdan sertifikat olish boʻyicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.
12. Oʻquv kurslariga jalb etilgan nomzodlar roʻyxati ularning arizalari asosida Institut tomonidan shakllantiriladi hamda tasdiqlanadi.
15. Oʻquv kurslarida oʻqish talabini bildirgan nomzodlar va direktorlar xohish hamda istaklaridan kelib chiqqan holda, navbatdan tashqari oʻquv kurslari tashkil etilishi mumkin.
16. Direktorlarning oʻquv kurslarida ishtirok etishi boʻyicha reja-taqsimot har yili 1-dekabrga qadar Institut tomonidan shakllantiriladi hamda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
nomzodga nisbatan sud hukmi asosida;
24. Tasdiqlangan oʻqitish xarajatlari uchun toʻlov miqdori nomzodlardan undiriladi va ushbu mablagʻlar Institutning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
27. Direktorlarning oʻqish davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va amaldagi oʻrtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.
29. Direktorlar birinchi marta menejerlik sertifikatini olgandan soʻng keyingi menejerlik oʻquv kurslarida oʻqish va menejerlik sertifikatini olishda nomzod sifatida ishtirok etadi.
Institut yakuniy sinov oʻtkaziladigan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotni maxsus portal orqali nomzodning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) yakuniy sinovlarda qatnasha olmagan nomzod yakuniy sinov boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Institutga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etishi lozim.
Amaliy topshiriqlar nomzod tomonidan ijodiy ish shaklida taqdim etiladi va imtihon komissiyasi tomonidan baholanadi.
Navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun nomzodlar va direktorlardan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
40. Nomzodlar yakuniy sinovlarni topshirishga pasport (identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida qoʻyiladi.
42. Yakuniy sinovlar jarayonida xolis kuzatuvchilarning ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
sinov oʻtkazilayotgan toʻliq vaqt davomida belgilangan tartiblarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;
44. Yakuniy sinov vaqtida normativ-huquqiy hujjatlardan, maʼlumot va maxsus adabiyotdan foydalanish, soʻzlashish, oʻzaro axborot almashish, aloqa vositalardan foydalanish, sinov materiallari yoki ularning mazmuniga oid boʻlgan maʼlumotlarni olib chiqish taqiqlanadi.
47. Sertifikat 5 yil davomida amal qiladi. Nomzodlar sertifikatning amal qilish muddati davomida amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida qayta menejerlik sertifikatini olish boʻyicha yakuniy sinovlarda ishtirok etishlari mumkin.
49. Yakuniy test sinovlari va keys topshiriqlari bazasini shakllantirish, sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish Vazirlik belgilaydigan tizim tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
52. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
57. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan nomzodning murojaati koʻrib chiqilgandan soʻng xulosalash jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
toʻplangan ballarni oʻzgartirish;
60. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
berilgan sanasi;
69. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Nomzodlar |
1. Menejerlik oʻquv kurslarida oʻqish uchun maxsus portal orqali roʻyxatdan oʻtadi. |
Doimiy |
|||
|
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti |
2. Menejerlik oʻquv kurslarida oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar bilan shartnomalar tuzadi. |
Doimiy |
||||
|
2-bosqich |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti |
1. Shakllantirilgan roʻyxat asosida nomzodlar va direktorlar uchun menejerlik oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi va eʼlon qiladi. |
Oʻquv kursi boshida |
|||
|
2. Nomzodlar va direktorlar uchun menejerlik oʻquv kurslarini tashkil etadi. |
Har oy davomida |
|||||
|
3. Nomzodlar va direktorlarni tasdiqlangan dasturlar asosida oʻqitadi. |
Oʻquv kursi davomida |
|||||
|
4. Menejerlik oʻquv kurslari uchun yakuniy sinovni oʻtkazish jadvallarini tasdiqlaydi va muvaffaqiyatli ishtirok etgan nomzodlar va direktorlarni yakuniy sinovlarga yoʻnaltiradi. |
Oʻquv jarayoni yakunida |
|||||
|
3-bosqich |
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti |
1. Kurs yakuni boʻyicha yakuniy sinovni oʻtkazadi. 2. Yakuniy sinov natijalari yuzasidan nomzodlar va direktorlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi. 3. Sinov natijalariga koʻra menejerlik oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan QR-kod qoʻyilgan menejerlik sertifikatini beradi. |
Har oʻquv kursi yakunida |
|||
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-son qaroriga
2-ILOVA
|
Ilmiy kengash |
Direktor |
Ilmiy kotib |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari |
Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari |
Bosh hisobchi |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Milliy tarbiya, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik taʼlimotlari ilmiy-tadqiqot boʻlimi 2 |
Inklyuziv taʼlim-tarbiya metodikasi ilmiy-tadqiqot boʻlimi 2 |
“Mahalla — oila — maktab hamkorligi” ilmiy-tadqiqot boʻlimi 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Yuriskonsult |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Xalqaro pedagogik tajribalar ilmiy-tadqiqot boʻlimi 2 |
Matbuot kotibi |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
“Ota-onalar universiteti” va tarbiyaviy jarayonlarning metodik taʼminoti ilmiy-tadqiqot boʻlimi 3 |
Milliy tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Qoraqalpogʻiston filiali* |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” jurnali, “Fizika, matematika va informatika” ilmiy-metodik jurnali, “Uzluksiz taʼlim” ilmiy-metodik jurnali** |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash ilmiy-tadqiqot boʻlimi 3 |
Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik taʼminoti ilmiy-tadqiqot boʻlimi 3 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-son qaroriga
3-ILOVA
Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlar uchun sertifikat ularning arizasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi”;
Navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun nomzodlar va direktorlardan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
“471. Yakuniy test sinovlari va keys topshiriqlari bazasini shakllantirish, sinovlarni tashkillashtirish va oʻtkazish Vazirlik belgilaydigan tizim tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
1-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “5-sanasiga qadar” soʻzlari “Doimiy” soʻzi bilan almashtirilsin;