27.08.2024 yildagi PQ-303-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz investitsion jozibadorligini oshirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini koʻpaytirish, zamonaviy korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy etgan holda davlat ulushi ustun boʻlgan yirik kompaniyalar va tijorat banklarining transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ustav kapitali korxonalar va tijorat banklaridagi davlat aksiya paketlarining bir qismi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya aktivlari)ni baholangan bozor qiymati boʻyicha oʻtkazish yoʻli bilan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qarori asosida Jamgʻarmaga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi (keyingi oʻrinlarda — Ishonchli boshqaruvchi)ni jalb qilishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga oʻtish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Jamgʻarmani ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tajribali boshqaruv kompaniyasini jalb qilish choralarini koʻrsin hamda mazkur boshqaruv kompaniyasining asosiy majburiyatlari sifatida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil yakuniga qadar Jamgʻarma aksiyalarini Toshkent va xalqaro, shu jumladan London fond birjalarida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya aktivlarida transformatsiya jarayonlarini faollashtirish, jumladan, har bir kompaniyaning samaradorligi va shaffofligini oshirishga qaratilgan texnologik tizimlarni joriy etish, biznes, operatsion va tijorat faoliyatini yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmada zamonaviy tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Jamgʻarmaning 2030-yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga koʻra dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Eksperiment tariqasida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma ustav kapitalining 100 foizigacha aksiyalari qiymatini qimmatli qogʻozlar bilan toʻlashga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ishonchli boshqaruvchiga nisbatan quyidagilar qoʻllanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi boshqaradigan investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida ustav kapitaliga ega boʻlishi boʻyicha talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatiga nisbatan sof aktivlar qiymatidan kelib chiqqan holda qimmatli qogʻozlarga investitsiyalar hajmiga cheklovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar eksperiment oʻtkazish natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumot va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-303-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-avgustdagi PQ-303-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Nomlanishi

Oʻtkaziladigan ulushlar

(foizda)

1.

“Navoiyazot” AJ

25

2.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

40

3.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

25

4.

“Uzbekistan Airports” AJ

25

5.

AT “Xalq banki”

30

6.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

20

7.

“Mikrokreditbank” ATB

40

8.

“Oʻzbektelekom” AK

25

9.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

25

10.

“Uzbekistan airways” AJ

25

11.

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJ

25

12.

“Hududgaztaʼminot” AJ

40

13.

“Toshshahartransxizmat” AJ

25

14.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

25

15.

“Oʻzbekiston MET” AJ

40

16.

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

40

17.

“Oʻzbekinvest” AJ

20

18.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

40

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 07/24/303/0657-son; 22.09.2025-y., 07/25/289/0859-son; 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)