OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2904-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 18-iyuldagi 01-02/12-24-son” Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2904, 2017-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 755-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari I. NORQULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-iyul,
164-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2024-yil 17-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 164-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avtomobil va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “maxsus bojxona plombalari qoʻyish” degan soʻzlar “bojxona plombalarini qoʻllash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
1) nomi va muqaddimadagi “maxsus bojxona plombalari qoʻyish” degan soʻzlar “bojxona plombalarini qoʻllash” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 1-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“joʻnatuvchi bojxona posti — bojxona nazorati ostidagi tovarlar ortilgan transport vositalari yuk boʻlimlariga bojxona plombalari qoʻygan bojxona posti;”;
toʻrtinchi xatboshidan “kompleksi yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 2-banddan “maxsus” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Transport vositalarining tovarlar ortilgan yuk boʻlimlariga bojxona plombalarini qoʻllash”;
5) 3-banddan “maxsus” degan soʻz chiqarib tashlansin;
6) 4-bandda:
birinchi va toʻrtinchi xatboshilardan “maxsus” degan soʻz chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“transport vositasining yuk boʻlimiga bojxona plombalari qoʻyilgan boʻlsa;”;
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshidan “maxsus” degan soʻz chiqarib tashlansin;
7) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan, bojxona hududidan olib chiqilayotgan va tranzit tartibida harakatlanayotgan tovarlar ortilgan transport vositalarining yuk boʻlimlari joʻnatuvchi bojxona postlarida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazilganidan soʻng,bojxona plombalari qoʻyiladi, bundan mazkur Qoidalarning 4-bandida keltirilgan hollar mustasno.
“Eksport” bojxona rejimida bojxona yuk deklaratsiyasi “yashil” va “sariq” yoʻlaklar orqali bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilib, tovarlar Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini rasmiylashtirilgan holda olib chiqilayotganda, shuningdek yuk joʻnatuvchilar va (yoki) tashuvchilarning talabiga koʻra bojxona plombalari chegara bojxona postlarida bojxona organi tomonidan transport vositalarining yuk boʻlimlariga oʻrnatiladi.”;
8) 6-banddan “maxsus” degan soʻz chiqarib tashlansin;
9) 8-bandda:
birinchi va ikkinchi xatboshilardan “maxsus” degan soʻz chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “Maxsus bojxona plombalari” degan soʻzlar “Bojxona plombalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 9-bandning ikkinchi xatboshisi, 10-bandning oltinchi xatboshisi, 11 va 12-bandlardan “maxsus”degan soʻz chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/2904-4/0658-son)