Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitimni (Sian, 2023-yil 18-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1204-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-iyulda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitimni (Sian, 2023-yil 18-may) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1204-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-iyul,
4677-IV-son