16.08.2024 yildagi 513-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi — “Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjet ilmiy muassasasi boʻlinmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 7-sentabrdagi PQ-4440-son qaroriga muvofiq xalqaro talab va standartlar asosida yuqori malakali tibbiy-genetik kadrlarni tayyorlash hamda sohada ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti hamda Rossiya Federatsiyasining “Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjeti ilmiy muassasasi (keyingi oʻrinlarda — bosh muassasa) oʻrtasida Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi — “Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjeti ilmiy muassasasining boʻlinmasini (keyingi oʻrinlarda — Boʻlinma) tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahrida Rossiya Federatsiyasining “Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjeti ilmiy muassasasining yuridik shaxs boʻlgan Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi — “Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjeti ilmiy muassasasining boʻlinmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Boʻlinmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy genetika sohasida yangi bilimlarni oʻzlashtirishga qaratilgan fundamental, qidiruv va amaliy (shu jumladan, klinik) ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali ilmiy va tibbiy kadrlar tayyorlash tizimida ishtirok etish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va taʼlimning xalqaro ilmiy-tadqiqot va taʼlim yoʻnalishiga integratsiyalashuvga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinma “Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjeti ilmiy muassasasining alohida boʻlinmasi boʻlib, xalqaro talab va standartlar asosida tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazuvchi tashkilot hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boʻlinmaga bosh muassasa tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijrochi direktor rahbarlik qiladi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinmaga jalb etiladigan professor-oʻqituvchi xodimlarning xizmat safarlariga Rossiya Federatsiyasida, shuningdek bosh muassasa va Boʻlinma oʻrtasida belgilangan tartib boʻyicha haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Boʻlinma faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat budjet ilmiy muassasasining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fanlar akademiyasi bosh muassasa bilan birgalikda bir oy muddatda Boʻlinma ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlinmaga Toshkent shahrining Mirobod tumani Yahyo Gʻulomov koʻchasidagi 74-uy manzilida joylashgan Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutiga tegishli bino va xonalarning bir qismi tekin foydalanish huquqi asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

foydalanishga berilgan bino va inshootlar hamda ularga tegishli hududni saqlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shu jumladan kommunal xizmatlar boʻyicha toʻlovlar Boʻlinma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Boʻlinma joylashtiriladigan Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, taʼmirlash, shuningdek, Boʻlinmani zarur mebel, inventar, asbob-uskunalar, kompyuter, texnika hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlashga doir moliyalashtirish loyihalari bosh muassasa mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
513-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/513/0631-son)