Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1145-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
2. “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1160-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
3. “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1161-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
4. “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1180-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (ikkinchi oʻqish).
5. “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash toʻgʻrisida”gi QL-1177-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
6. “Oilaviy (maishiy) zoʻravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1185-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
7. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1193-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
8. “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 24110-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1195-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
9. “Oʻzbekiston Respublikasining Tadbirkorlik kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi QL-1158-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
10. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1201-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
11. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Saʼdullayevning “Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-iyul,
4584-IV-son