Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QT-1-sonli qonunchilik taklifi haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QT-1-sonli qonunchilik taklifi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan 2024-yil 12-iyunda qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonunchilik taklifi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi bir oy ichida ushbu qonunchilik taklifini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-iyul,
4573-IV-son