30.07.2024 yildagi 4676-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A. Xudayarovning “Mamlakatimizda bolalar va oʻsmirlar orasidagi kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, shuningdek sogʻliqni saqlash sohasidagi istiqbol rejalar toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A. Xudayarovning “Mamlakatimizda bolalar va oʻsmirlar orasidagi kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, shuningdek sogʻliqni saqlash sohasidagi istiqbol rejalar toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, keyingi yillarda bolalarning sogʻligʻini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini fuqarolarga yanada yaqinlashtirish, kasalliklar profilaktikasi va ularni erta aniqlash, aholining yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarining oʻzida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan besh yilda onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish borasida Oʻzbekiston Respublikasining 2 ta qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 9 ta qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral va 21-may kunlari oʻtkazilgan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishlarida sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini, tez tibbiy yordam hamda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini takomillashtirish, onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻinida onalar va bolalar oʻrtasidagi kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sogʻlomlashtirish dasturlari bajarilganligi, shuningdek bolalarga koʻrsatiladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni takomillashtirish tadbirlari yoʻlga qoʻyilganligi natijasida onalar oʻlimi 34 foizga, besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi 26 foizga kamaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga ambulator tibbiy xizmat 2 300 tadan ziyod oilaviy poliklinika, 208 ta tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, statsionar yordam esa 13,3 mingta oʻringa ega 245 ta viloyat va tuman (shahar) darajasidagi hamda 10 ta respublika muassasasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarida va poliklinikalarda bolalar boʻlimlari tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha tibbiyot brigadalari tarkibida qoʻshimcha jami 8 500 ta patronaj-doya lavozimi joriy etilgan. Ushbu maqsadlar uchun 251,1 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kardiojarrohlik sohasi boʻyicha respublikada har yili tugʻma yurak nuqsoni bilan tugʻilgan yuqori texnologik operatsiyalarga muhtoj bolalarda respublikaning 8 ta tibbiyot muassasasida kardiojarrohlik amaliyotlari oʻtkazilgan. 2023-yilda 4 458 nafar bolada (2022-yilda 3 676 nafar) jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan. Ulardan 987 nafari kam invaziv usulda amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar orasida onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida 2023-yilda 3 — 18 yoshli 676 800 nafar bola ommaviy, 130 800 nafar bola selektiv skriningdan oʻtkazilib, ularning 736 nafarida kasallik aniqlangan va ular sogʻlomlashtirish uchun nazoratga olingan boʻlsa, joriy yilning olti oyi davomida 403 500 nafar bola ommaviy, 84 100 nafar bola selektiv skriningdan oʻtkazilib, ularning 429 nafarida kasallik aniqlangan hamda sogʻlomlashtirish uchun nazoratga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi yarmi davomida yuqori texnologiyali 1 962 ta kardiojarrohlik, 460 ta endoskopik, 583 ta neyrojarrohlik amaliyoti oʻtkazilib, 2 985 nafar bolada nogironlikning oldi olingan. Shuningdek, 200,2 ming nafar yangi tugʻilgan chaqaloq audioskriningdan oʻtkazilib, 267 nafar bolaga koxlear implantat oʻrnatilgan va eshitish qobiliyati tiklangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga tahlillar bu borada hali oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar ham mavjudligini koʻrsatmoqda. Jumladan, 2023-yilda respublikada jami 116 732 nafar (11,2 promille) nogiron bola hisobga olingan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan 6 797 nafarga oshgan. Bolalar orasida nogironlik koʻrsatkichi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida 13,0 promille, Qashqadaryo viloyatida 11,7 promille hamda Samarqand viloyatida 10,5 promilleni tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida dorilarga boʻlgan ehtiyojni toʻgʻri shakllantirish va ularning tibbiyot muassasalariga oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash borasida baʼzi muammolar saqlanib qolayotganligi maʼlum boʻldi. Xususan, ayrim tibbiyot muassasalari dori vositalari, tibbiy uskuna va sarflov ashyolari bilan toʻliq taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlarning kompleks nazorati boʻyicha yagona elektron bazani shakllantirish, 229 ta tugʻruq muassasasini 23 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, audioskrining, neonatal skrining, koxlear implantat, temir va foliy kislota, mikronutriyent bilan taʼminlash, gelmintoz profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini reja asosida davom ettirishga alohida eʼtibor qaratish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga tibbiy xizmatlarni koʻrsatish yagona yondashuv asosida yoʻlga qoʻyilmagan. Maʼmuriy islohotlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etilgan boʻlsa-da, ilgari ushbu vazirliklar bilan imzolangan qoʻshma qarorlar qayta koʻrib chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A. Xudayarovning “Mamlakatimizda bolalar va oʻsmirlar orasidagi kasalliklar profilaktikasi hamda ularni davolash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati, shuningdek sogʻliqni saqlash sohasidagi istiqbol rejalar toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarini dori vositalari, tibbiy uskuna va sarflov ashyolari bilan toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmini, imtiyozli kontingentni ixtisoslashgan tibbiy yordamga yoʻllash tartibini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni koʻpaytirish, poliklinika va shifoxonalarni elektron ish yuritishga oʻtkazish, sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʻyicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, toʻgʻri ovqatlanish va jismoniy faollikni oshirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audioskrining, neonatal skrining, koxlear implantat, temir va foliy kislota, mikronutriyent bilan taʼminlash, gelmintoz profilaktikasi boʻyicha davlat dasturlarini reja asosida davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqib, takomillashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4676-IV-son