Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
qarori
“Kosmik fazoni, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyati prinsiplari toʻgʻrisidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-1175-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
“Kosmik fazoni, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyati prinsiplari toʻgʻrisidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi QL-1175-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 14-iyunda kiritilgan “Kosmik fazoni, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyati prinsiplari toʻgʻrisidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi”gi QL-1175-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-iyul,
4499-IV-son