01.07.2024 yildagi 4515-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining 2023-yildagi hamda 2024-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2023-yildagi hamda 2024-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanishga, shuningdek mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, samarali budjet va soliq siyosatini yuritishning muhim masalalari yuzasidan qonunchilikni takomillashtirishga eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, parlament faoliyatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, davlat dasturlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tegishli davrga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlariga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolari tomonidan “Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan “Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritildi va uchta oʻqishda qabul qilinib, QL–1080-sonli qonun loyihasi bilan birlashtirilgan holda Senatga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita masʼulligida 46 ta qonun loyihasi koʻrib chiqildi, undan 5 tasi yaxlit qonun, 6 tasi jamlanma qonundir. Shundan jami qabul qilingan qonunlar soni jamlanma qonunlar bilan birgalikda 39 tani tashkil etdi. 7 ta qonun loyihasi Qoʻmita tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Prezident tomonidan qaytarilgan 2 ta qonun loyihasi koʻrib chiqishdan olib tashlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning va qonunosti hujjatlarining ijro etilish holatini oʻrganish, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish, Qonunchilik palatasi va Qoʻmita qarorlari ijrosini oʻrganish boʻyicha Qoʻmita tomonidan 28 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrib chiqilayotgan davrda xorijiy parlamentlar va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro delegatsiyalar almashish amalga oshirildi, chet el parlamentariylari, elchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi, parlamentlararo hamkorlik guruhlarining yigʻilishlarida Qoʻmita aʼzolari faol ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda hamda 2024-yilning birinchi yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 591 ta murojaat belgilangan tartibda Qoʻmita aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilgan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflar alohida oʻrganilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Qoʻmitaning faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 1623 marotaba yoritilgan. Jumladan, televideniye orqali 145 marotaba, radio orqali 123 marotaba, gazeta va jurnallar orqali 128 marotaba, Internet nashrlari orqali 451 marotaba hamda ijtimoiy tarmoqlarda 776 marotaba chiqishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining 2023-yildagi hamda 2024-yilning birinchi yarim yilligidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijro etilish holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolarining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish hamda kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni qonun loyihalarini maromiga yetkazishda hisobga olish boʻyicha ishlarni yanada kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan bandlarining ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 16-apreldagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 4265–IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4515–IV-son