Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirish masalalarida oliy taʼlim muassasalarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirish masalalarida oliy taʼlim muassasalarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-iyul,
4648-IV-son