Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 15-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-16]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-iyul,
152-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 15-iyuldagi 152-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 95-banddagi “shahar posyolkalari” degan soʻzlar “shaharchalar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada:
3 067 1 0 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 068 0 0 Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi;
3 068 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 069 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi;
3 069 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 070 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 070 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 071 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi;
3 071 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 072 0 0 Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 072 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 073 0 0 Saxovat va koʻmak jamgʻarmasi;
3 073 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 073 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”.
3. 4-ilovada:
1) 7 041 904 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi xarajatlari”;
2) 7 041 911 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 041 912 Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi xarajatlari”;
3) 7 043 301 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligini saqlash xarajatlari”;
4) 7 043 302 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 043 303 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasini saqlash xarajatlari”;
5) 7 043 903 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 043 904 Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi”;
6) 7 044 220 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasini saqlash xarajatlari”;
7) 7 047 900 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 047 902 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasini saqlash xarajatlari”;
8) 7 062 902 qatordagi “shahar posyolkalari” degan soʻzlar “shaharchalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
9) 7 072 130 qatordagi “Qishloq vrachlik” degan soʻzlar “Oilaviy shifokor” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 7 072 304 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 072 305 Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari”;
11) 7 076 902 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 076 903 “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi DMni saqlash xarajatlari”;
12) 7 098 905 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 098 906 “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi DMni saqlash xarajatlari”;
13) 7 109 603 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 109 604 Saxovat va koʻmak jamgʻarmasi xarajatlari”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 10/24/2146-16/0626-son)