Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1183-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi QL-1183-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirib berishda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun ularni toʻlovlardan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-iyul,
4519-IV-son