Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
alkogol va tamaki mahsulotlarini yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotishni man qilish;
tamaki mahsulotlarining isteʼmol oʻrovi oldi va orqa yuzasining kamida oltmish besh foizini hamda alkogol mahsulotlarining isteʼmol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan, kasallik oqibatlarini koʻrsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish boʻlishi;
alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat va alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilishga doir tartibni belgilash;
belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamgʻalanmagan, yorliqsiz, iflos, yaqqol siniq belgilari boʻlgan, tiqini buzilgan, umumiy koʻrinishi xiralashgan, yot qoʻshimchalari, choʻkmalari boʻlgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamgʻalanmaganda hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga mos kelmaganda, ularning realizatsiya qilinishini taqiqlash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-avgust,
507-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-avgustdagi 507-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylardagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishlarning namunalari 3-ilovaga muvofiq;
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantiruvchi belgi namunasi 4-ilovaga muvofiq;
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar hamda ushbu joylarda joylashtirilgan tibbiy ogohlantirishlar toʻgʻrisida xabardor qiluvchi koʻrsatkichlar namunalari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 1-ilovada:
12-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotish joylarida ularni yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotishga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining inson sogʻligiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan boʻlishi kerak”;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tamaki mahsulotlarining isteʼmol oʻrovida (qutisida) uning old tomoni yuqori qismidagi asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini hamda orqa tomoni asosiy yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan, tamaki mahsulotini isteʼmol qilish tufayli yuzaga kelgan kasallik oqibatlarini koʻrsatuvchi tasvir va tegishli mazmundagi matn tarzida tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak”;
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tamaki mahsulotining blokida tamaki mahsuloti bloki gorizontal joylashtirilganda, chap qismida old va orqa tomonida hamda vertikal joylashtirilganda, yuqori qismida asosiy yuzaning kamida oltmish besh foizini egallaydigan tasvir va matn tarzida tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak;
tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamasining isteʼmol oʻrovida, oʻrov asosiy tomonlari yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan tasvir va matn tarzida tibbiy ogohlantirish (chilimning oʻrovi bundan mustasno) boʻlishi kerak;
chilim suvdonida uning yuzasining kamida oltmish besh foizini egallaydigan tasvir matn tarzida tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak;
alkogol mahsulotlarining (tabiiy va koʻpiklanadigan vinolar bundan mustasno) isteʼmol idishida yorliq asosiy yuzasining kamida qirq foizini egallaydigan matnli yozuv va (yoki) rasm tarzidagi tibbiy ogohlantirish boʻlishi kerak”;
47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Tamaki mahsulotlarini aksiz markalari va raqamli identifikatsiya vositalarisiz, shuningdek, tamaki mahsulotlari hamda tamaki va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini yigirma bir yoshdan kichik shaxslarga sotishga ruxsat berilmaydi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
kuyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat faqat alkogol mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishning tegishli sanitariya normalari hamda qoidalariga mos keladigan omborxonalari va asbob-uskunalari boʻlgan, shaharlarda — kamida yigirma besh kvadrat metrli, qishloq joylarda — kamida oʻn besh kvadrat metrli (faqat alkogol mahsulotlari sotish uchun moʻljallangan va alohida kirish joyiga ega) savdo zali, uzoq togʻli joylarda — alohida savdo seksiyasi boʻlgan savdo obyektlarida amalga oshirilishi mumkin;
tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining chakana savdosi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi;
tamaki mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining chakana savdosi boʻyicha faoliyat fiskal xotiraga ega onlayn nazorat-kassa mashinalaridan va (yoki) virtual kassa tizimlaridan, shuningdek, bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan majburiy foydalanish sharti bilan amalga oshiriladi”;
58-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Sifatiga koʻra texnik reglamentlar yoki standartlarning majburiy talablariga muvofiq boʻlgan, belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan markalangan (pivodan tashqari), shuningdek, identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotilishi kerak”;
quyidagi mazmundagi 582 va 583-band bilan toʻldirilsin:
“582. Tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining chakana savdosi faqat tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini saqlash hamda realizatsiya qilishning tegishli sanitariya normalari va qoidalariga mos keladigan omborxonalari hamda uskunalari boʻlgan koʻchmas savdo obyektlarida amalga oshiriladi.
583.Chakana savdo subyekti alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini yigirma bir yoshga yetmagan sotuvchi-xodimlar tomonidan sotishga yoʻl qoʻymasligi shart”;
“59. Savdo obyektlari tomonidan alkogol mahsulotlarining chakana savdosi vaqti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
60. Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining:
yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga;
yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan;
sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;
oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish tokchalaridan;
elektron tijorat shaklida, shu jumladan, har qanday yoʻl bilan oxirgi isteʼmolchilarga yetkazish yordamida (koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno);
sayyor (qoʻlda, lotoklarda, savatchalarda, qoʻl aravachalarida) savdo qilish yoʻli bilan;
koʻchmas savdo obyektlaridan tashqarida;
dorixonalarda;
bolalarga moʻljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda;
bolalar oʻyinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun moʻljallangan boshqa tovarlarga oʻxshatib ishlangan boʻlsa;
sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
taʼlim, sport va diniy tashkilotlar hududidan toʻgʻri chiziq boʻylab yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida, savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilyonlarida joylashgan hollar bundan mustasno;
yaroqlilik muddati oʻtganda;
mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda;
belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamgʻalanmaganda — aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
qalbaki aksiz markalari bilan tamgʻalanganda;
ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamgʻalanmaganda;
belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamgʻalanmaganda;
ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish huquqiga ega boʻlmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;
alkogol mahsulotining idishi yorligʻida yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining isteʼmol oʻrovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish boʻlmaganda;
agar tamaki mahsulotining isteʼmol oʻrovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta boʻlsa — sigaretalarga nisbatan;
tamaki mahsuloti va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari boʻlmagan boshqa tovarlar bilan bir toʻplamda — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
isteʼmol oʻrovisiz (qutisiz, bloksiz) — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) isteʼmol oʻrovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan;
temir yoʻl vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (boj olinmaydigan savdo doʻkonlari bundan mustasno) — tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
eng kam ulgurji va chakana narxlardan past narxlarda — alkogol mahsulotlariga nisbatan (pivo bundan mustasno);
toʻliq polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan isteʼmol idishida — alkogol mahsulotiga nisbatan (pivo bundan mustasno);
yorliqsiz, iflos (ichi yoki tashqarisi), yaqqol siniq belgilari boʻlgan (boʻgʻzi singan, yorilgan), tiqini buzilgan, umumiy koʻrinishi xiralashgan, yot qoʻshimchalari, choʻkmalari boʻlgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan (kolleksiya qilinadigan vino mahsulotlari bundan mustasno);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilinishi taqiqlanadi;
tamaki mahsulotlariga oʻxshatib ishlangan tovarlarni (tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari bundan mustasno) realizatsiya qilish taqiqlanadi;
chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini, shu jumladan, tarkibida nikotin mavjud boʻlgan chekilmaydigan mahsulotlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi, nosvoy bundan mustasno.
601. Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik koʻringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishini rad etishi shart”;
quyidagi mazmundagi 602 — 604-bandlar bilan toʻldirilsin:
“602. Chakana savdo amalga oshirilayotganda tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini yoyib qoʻyish va ochiq namoyish etish taqiqlanadi.
603. Chakana savdo obyektlari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish joylarida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
alkogol mahsulotlarini bepul tarqatish;
alkogol mahsulotlarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlar va boshqalarni) sotish;
har qanday turdagi ragʻbatlantiruvchi aksiyalarni oʻtkazish.
604. Chakana savdo obyektlari tomonidan tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini sotish joylarida tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini sotishni quyidagi yoʻllar orqali ragʻbatlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining namunalarini bepul tarqatish, shuningdek, ularga nisbatan chegirmalar qoʻllash;
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlar va boshqa shu kabilarni) sotish;
savdo obyektlarining old tomonida, kirish (chiqish) joylarida, rastalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish;
tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari boʻlmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish;
tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari boʻlmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga, mazkur moslamalarning ashyolariga yoki alohida qismlariga oʻxshatiladigan har qanday atamalar, taʼriflar, belgilar, ramzlar, tasvirlardan yoki boshqa alomatlardan foydalanish ragʻbatlantiruvchi aksiyalar yoki shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazish”;
61-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“61. Alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari mahsulotning tegishli turi boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq holda saqlanishi kerak”.
64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. Sotuvchi-xodimlarning ish oʻrinlari (alkogolli mahsulotlarni quyib sotuvchi shaxslar uchun) tegishli savdo uskunasi, davlat tekshiruvidan oʻtgan oʻlchash menzurkalari va oʻlchash krujkalari bilan jihozlangan va alkogolli mahsulotlarni yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi, shuningdek, tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan boʻlishi, shuningdek, alkogolli mahsulotlarning inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan boʻlishi kerak”;
65-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65. Xaridor kamchiliklari boʻlgan alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotib olgan taqdirda sotuvchi xaridor talabiga koʻra ularni sifatli tovarga almashtirib berishga yoki, agar mazkur kamchiliklar tovarning yaroqlilik muddati doirasida aniqlangan boʻlsa, xaridorga uning toʻlagan summasini qaytarib berishga majburdir.
Sotuvchi aybi bilan belgilangan yaroqlilik muddati doirasida kamchiliklari boʻlgan alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini sotish oqibatida isteʼmolchi hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar amaldagi qonunchilikka muvofiq qoplanishi kerak”;
66-67-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar, chakana savdo korxonalarining sotuvchi-xodimlari, rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari aholiga alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotish tartibini buzganlik yoki yomon sifatli alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotganlik, shuningdek, ularni saqlash tartibini buzganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar”;
67. Pivo alkogolli mahsulot hisoblanadi (alkogolsizlari bundan mustasno). Pivoning (alkogolsizlari bundan mustasno) chakana savdosiga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga organiga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
189-bandning oʻn oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“alkogol va tamaki hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari mahsulotlarini sotish”;
v) 2-ilovada:
5-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Umumiy ovqatlanish subyekti alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini yigirma bir yoshga yetmagan sotuvchi-xodimlar tomonidan sotishga yoʻl qoʻymasligi shart”;
quyidagi mazmundagi 81-82-bandlar bilan toʻldirilsin:
“81. Umumiy ovqatlanish subyekti umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish joylarida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishni taqiqlashi lozim.
Umumiy ovqatlanish subyekti hammaga koʻrinadigan joylarda, shu jumladan, binolar (xonalar) hududiga kirish joylariga tamaki mahsulotlarining isteʼmol qilinishiga, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi haqidagi ogohlantiruvchi belgini joylashtirishi shart.
Agar mijozlar mumkin boʻlmagan joylarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilsalar yoki tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalansalar, umumiy ovqatlanish subyekti ularni ogohlantirishlari, huquqbuzarlik davom ettirilgan taqdirda esa ichki ishlar organlariga xabar berishlari shart.
82. Umumiy ovqatlanish subyekti binolar va inshootlardan tashqaridagi ochiq havoda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishlari uchun maxsus joylar ajratishlari mumkin.
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylarga tamaki mahsulotlarining qoldiqlari uchun yonmaydigan axlatdonlar, shuningdek, bunday joylar qayerdaligi haqida axborot beruvchi koʻrsatkichlar oʻrnatilishi shart”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat va alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilishga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga organiga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Alkogol va tamaki mahsulotlari hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotish joylarida ularni yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga sotishga yoʻl qoʻyilmasligi, shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlarining inson sogʻligʻiga salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan boʻlishi kerak”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Alkogol mahsulotlarini quyib realizatsiya qilishni amalga oshiradigan umumiy ovqatlanish korxonalari tegishli savdo uskunalari, davlat tekshiruvidan oʻtgan oʻlchov menzurkalari va oʻlchovli krujkalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak”;
201-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“201. Alkogol va tamaki mahsulotlarining, shuningdek, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining:
yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslarga;
yigirma bir yoshga toʻlmagan shaxslar tomonidan;
sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida;
oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish tokchalaridan;
elektron tijorat shaklida, shu jumladan, har qanday yoʻl bilan oxirgi isteʼmolchilarga yetkazish yordamida (koʻpiklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno);
sayyor (qoʻlda, lotoklarda, savatchalarda, qoʻl aravachalarida) savdo qilish yoʻli bilan;
koʻchmas savdo obyektlaridan tashqarida;
bolalarga moʻljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda;
bolalar oʻyinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun moʻljallangan boshqa tovarlarga oʻxshatib ishlangan boʻlsa;
sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari, taʼlim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida;
yaroqlilik muddati oʻtganda;
mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda;
belgilangan tartibda aksiz markalari bilan tamgʻalanmaganda — aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
qalbaki aksiz markalari bilan tamgʻalanganda;
ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamgʻalanmaganda;
belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamgʻalanmaganda;
ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish huquqiga ega boʻlmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;
alkogol mahsulotining idishi yorligʻida yoki tamaki mahsulotining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining isteʼmol oʻrovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish boʻlmaganda;
agar tamaki mahsulotining isteʼmol oʻrovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta boʻlsa — sigaretalarga nisbatan;
tamaki mahsuloti va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari boʻlmagan boshqa tovarlar bilan bir toʻplamda — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
isteʼmol oʻrovisiz (qutisiz, bloksiz) — tamaki mahsulotiga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) isteʼmol oʻrovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan;
temir yoʻl vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (boj olinmaydigan savdo doʻkonlari bundan mustasno) — tamaki mahsulotlariga va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan;
eng kam ulgurji va chakana narxlardan past narxlarda — alkogol mahsulotlariga nisbatan (pivo bundan mustasno);
toʻliq polietilen, polistirol va boshqa polimer materialdan tayyorlangan isteʼmol idishida — alkogol mahsulotiga nisbatan (pivo bundan mustasno);
yorliqsiz, iflos (ichi yoki tashqarisi), yaqqol siniq belgilari boʻlgan (boʻgʻzi singan, yorilgan), tiqini buzilgan, umumiy koʻrinishi xiralashgan, yot qoʻshimchalari, choʻkmalari boʻlgan butilkalarda — alkogol mahsulotiga nisbatan (kolleksiya qilinadigan vino mahsulotlari bundan mustasno);
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilinishi taqiqlanadi;
alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik koʻringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishni talab qilishi, hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda esa alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining realizatsiya qilinishini rad etishi shart”;
quyidagi mazmundagi 202 — 206-bandlar bilan toʻldirilsin:
“202. Alkogol mahsulotlari namunalarini bepul tarqatish taqiqlanadi.
203. Tamaki mahsulotlariga oʻxshatib ishlangan tovarlarni (tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari bundan mustasno) ishlab chiqarish, olib kirish, sotish va tarqatish taqiqlanadi.
204. Chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini, shu jumladan, tarkibida nikotin mavjud boʻlgan chekilmaydigan mahsulotlarni realizatsiya qilish taqiqlanadi, bundan nosvoy mustasno.
205. Umumiy ovqatlanish korxonalarida tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini yoyib qoʻyish va ochiq namoyish etish taqiqlanadi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida taklif etilayotgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari toʻgʻrisidagi axborot sotuvchi yoki ofitsiant tomonidan xaridorlar eʼtiboriga savdo zalida sotiladigan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari roʻyxatini joylashtirish orqali yetkaziladi, roʻyxatning matni oq fonda bir xil oʻlchamdagi qora rangli harflar bilan yoziladi va roʻyxat alfavit tartibida, sotiladigan tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining narxi koʻrsatilgan holda, biror-bir grafik tasvirlar va rasmlardan foydalanmasdan tuziladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida tamaki mahsulotlarini va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini xaridorga namoyish etish uning talabiga koʻra sotiladigan tamaki mahsulotlar va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari roʻyxati bilan tanishib chiqqanidan keyin amalga oshirilishi mumkin.
206. Tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini sotishni quyidagi yoʻllar orqali ragʻbatlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining namunalarini bepul tarqatish, shuningdek, ularga nisbatan chegirmalar qoʻllash;
tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlarni va boshqa shu kabilarni) sotish;
umumiy ovqatlanish korxonalarining old tomonida, kirish (chiqish) joylarida, rastalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki mahsulotlarining hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining tasvirlarini, nomlarini hamda ular haqidagi boshqa axborotni joylashtirish;
tamaki mahsulotlari, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalari boʻlmagan boshqa turdagi tovarlarni ishlab chiqarayotganda tamaki mahsulotlariga, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga, ushbu moslamalarning ashyolariga yoki alohida qismlariga oʻxshatiladigan har qanday atamalar, taʼriflar, belgilar, ramzlar, tasvirlardan yoki boshqa alomatlardan foydalanish;
ragʻbatlantiruvchi aksiyalar yoki shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazish”;
25-bandning oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“alkogol va tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini sotish”;
g) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylardagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishlarning
NAMUNALARI
1. Alkogol mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylarda quyidagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishning biri joylashtirilishi lozim:
a) “21 yoshga toʻlmagan shaxslarga alkogol mahsulotlari sotilmaydi.
Alkogolning har bir tomchisi sogʻlik va jamiyat uchun xavfni oshiradi.
Alkogolnaya produksiya ne prodayotsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Kajdaya kaplya alkogolya povishayet risk dlya zdorovya i obshestva”;
b) “21 yoshga toʻlmagan shaxslarga alkogol mahsulotlari sotilmaydi.
Xavf alkogolning birinchi tomchisidanoq yuzaga keladi.
Alkogolnaya produksiya ne prodayotsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Risk voznikayet s pervoy kapley alkogolya”;
v) “21 yoshga toʻlmagan shaxslarga alkogol mahsulotlari sotilmaydi.
Alkogol salomatligingizga zarar keltiradi!
Alkogol vredit vashemu zdorovyu!”.
Alkogolnaya produksiya ne prodayotsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
2. Tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari realizatsiya qilinadigan joylarda quyidagi ogohlantiruvchi yozuvlar va tibbiy ogohlantirishning biri joylashtirilishi lozim:
a) “21 yoshga toʻlmagan shaxslarga tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotilmaydi.
Tamaki va nikotin chekish kuchli qaramlikni chaqiradi.
Tabachnaya produksiya, ustroystva dlya upotrebleniya tabaka i nikotina ne prodayutsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Upotrebleniye tabaka i nikotina vizivayet silneyshuyu zavisimost”;
b) “21 yoshga toʻlmagan shaxslarga tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotilmaydi.
Tamaki va nikotin chekish saraton kasalliklarini chaqiradi.
Tabachnaya produksiya, ustroystva dlya upotrebleniya tabaka i nikotina ne prodayutsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Upotrebleniye tabaka i nikotina vizivayet rak”;
v) “21 yoshga toʻlmagan shaxslarga tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalari sotilmaydi.
Tamaki va nikotin chekish infarkt, insult rivojlanish xavfini oshiradi.
Tabachnaya produksiya, ustroystva dlya upotrebleniya tabaka i nikotina ne prodayutsya litsam, ne dostigshim 21 goda.
Upotrebleniye tabaka i nikotina povishayet risk razvitiya infarkta i insulta”.
3. Yozuvlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
a) yozuvlar Arial shrifti asosida kamida A3 (297 mm x 420 mm) yoki undan katta formatdagi qogʻozga (yoki boshqa axborot tashuvchiga) chop etilishi lozim. Agar qogʻozning (yoki boshqa axborot tashuvchining) oʻlchami kattalashtiriladigan boʻlsa, yozuvlarning oʻlchami ham proporsional ravishda oʻzgartirilishi lozim.
Qogʻozga (yoki boshqa axborot tashuvchiga) mazkur ilovaning 1 va 2-bandlarida keltirilganidan boshqa har qanday maʼlumotlarni (matn, tasvirlar, belgilar, ramzlar) chop etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
b) harflarning oʻlchami 48 kegldan yoki punktdan kam boʻlmasligi, qatorlar orasidagi interval 1,2 boʻlishi lozim.
v) yozuvlar oq rangli fonda qora rangli shrift bilan chop etilishi lozim. Qogʻozning oqligi kamida 80 foiz boʻlishi shart. Boshqa axborot tashuvchilardan foydalaniladigan boʻlsa, fonning va harflarning rangini oʻzgartirish mumkin emas.
g) yozuvlardagi soʻzlar katta harflarda “yarim qora” shrift bilan yozilishi lozim. Yozuvlarning birinchi harflari “yarim qora” shrift bilan bosh harflarda yozilishi kerak.
d) plakat koʻrinadigan joyda poldan kamida 1,5 metr va 2,0 metrdan oshmaydigan balandlikda joylashtirilishi lozim”;
d) quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantiruvchi belgi
NAMUNASI
1. Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantiruvchi belgi:

2. Belgining aniq koʻrinishini taʼminlash uchun belgi turli texnologiyalar yordamida rasm koʻrinishida tasvirlanishi yoki chop etilishi mumkin. Oʻlchamlari kamida A5 formatda (148 mm x 210 mm) boʻlishi lozim.
3. Belgini “Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish taqiqlanadi” yozuvi va ushbu huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun jarima miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga qoʻyishga ruxsat etiladi”;
e) quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar qayerdaligini xabardor qiluvchi lavha hamda bunday joylarda joylashtirilgan tibbiy ogohlantirishlar
NAMUNALARI
1. Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylar qayerdaligini xabardor qiluvchi lavha:

Bunda lavha:
qogʻozning oqligi kamida 80 foiz boʻlishi;
yozuvlar Arial shrifti asosida chop etilishi lozim.
a) yozuvlar Arial shrifti asosida kamida A4 (210 mm x 297 mm) yoki undan katta formatdagi qogʻozga (yoki boshqa axborot tashuvchiga) chop etilishi lozim. Agar qogʻozning (yoki boshqa axborot tashuvchining) oʻlchami kattalashtiriladigan boʻlsa, yozuvlarning oʻlchami ham mutanosib ravishda oʻzgartirilishi lozim;
b) harflarning oʻlchami 82 kegldan yoki punktdan kam boʻlmasligi, qatorlar orasidagi interval 1,2 boʻlishi lozim;
v) yozuvlar oq rangli fonda qora rangli shrift bilan chop etilishi lozim. Qogʻozning oqligi kamida 80 foiz boʻlishi shart. Boshqa axborot tashuvchilardan foydalaniladigan boʻlsa, fonning va harflarning rangini oʻzgartirish mumkin emas.
g) yozuvlardagi soʻzlar katta harflarda “yarim qora” shrift bilan yozilishi lozim. Yozuvlarning birinchi harflari “yarim qora” shrift bilan bosh harflarda yozilishi kerak.
Lavhani aniq koʻrinishini taʼminlagan holda turli texnologiyalar yordamida tasvirlash yoki chop etish mumkin.
2. Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalaridan foydalanish uchun maxsus ajratilgan joylarda quyida keltirilgan tibbiy ogohlantirishlarning biri joylashtirilishi lozim:

Bunda tibbiy ogohlantirishlar:
a) kamida A5 (148 mm x 210 mm) formatdagi qogʻozga (yoki axborot tashuvchiga) tushirilishi lozim. Agar qogʻozning (yoki boshqa axborot tashuvchining) oʻlchami kattalashtiriladigan boʻlsa, tasvirlarning oʻlchami ham mutanosib ravishda oʻzgartirilishi lozim.
b) tibbiy ogohlantirishlar koʻrinadigan joyda poldan kamida 1,5 metr va 2,0 metrdan oshmaydigan balandlikda joylashtirilishi lozim.
Tibbiy ogohlantirishlarni aniq koʻrinishini taʼminlagan holda turli texnologiyalar yordamida tasvirlash yoki chop etish mumkin”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori rus tilidagi matniga 1-ilovadagi 2-ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
№ |
Naimenovaniye |
Sfera ogranicheniya |
|
1. |
Alkogolnie (za isklyucheniyem igristix i naturalnix vin) i tabachnie izdeliya, ustroystva dlya upotrebleniya tabaka i nikotina. |
vnutrenniy rinok |
|
”. |
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2017-yil 13-fevraldagi 71-son qarorning rus tilidagi matnida:
a)nomidagi “obshego” soʻzi chiqarib tashlansin;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 1. Utverdit Texnicheskiy reglament o bezopasnosti alkogolnoy produksii soglasno prilojeniyu i vvesti yego v deystviye po istechenii shesti mesyatsev so dnya ofitsialnogo opublikovaniya”;
“3. “Agentstvu po texnicheskomu regulirovaniyu” sovmestno s upolnomochennimi organami prinyat meri po otmene obyazatelnogo xaraktera i obespecheniyu dobrovolnosti pri primenenii normativnix dokumentov po standartizatsii alkogolnoy produksii, so dnya vvedeniya v deystviye utverjdennogo nastoyashim postanovleniyem Texnicheskogo reglamenta v ustanovlennom poryadke”.
4. “Agentstvu po texnicheskomu regulirovaniyu” sovmestno s Natsionalnoy teleradiokompaniyey Uzbekistana obespechit shirokoye informirovaniye naseleniya, organov gosudarstvennogo i xozyaystvennogo upravleniya, subyektov predprinimatelskoy deyatelnosti o selyax, soderjanii i poryadke primeneniya utverjdennogo Texnicheskogo reglamenta”;
g) ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Texnicheskiy reglament o bezopasnosti alkogolnoy produksii”;
1-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Seli i oblast primeneniya Texnicheskogo reglamenta”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Nastoyashiy Texnicheskiy reglament (daleye — Texnicheskiy reglament) ustanavlivayet trebovaniya k bezopasnosti alkogolnoy produksii po perechnyu, privedennomu v prilojenii № 1 k Texnicheskomu reglamentu”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Roznichnaya realizatsiya alkogolnoy produksii (za isklyucheniyem pivovarennoy produksii, naturalnix vin, gazirovannix i igristix vin) v polimernoy potrebitelskoy tare (potrebitelskaya tara, polnostyu izgotovlennaya iz polietilena, polistirola i inogo polimernogo materiala) ne dopuskayetsya”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dopuskayetsya rozliv naturalnix vin v xrustalnie, farforovie, keramicheskiye i trexsloynie (polietilen, polipropilen, folga antibakterialnaya) tarm, pri uslovii obespecheniya yeye bezopasnosti”;
20-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Proizvodimaya v Respublike Uzbekistan i vvozimaya na yeye territoriyu alkogolnaya produksiya (za isklyucheniyem piva, naturalnix i igristix vin) podlejit obyazatelnoy markirovke aksiznimi markami ustanovlennogo obrazsa”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Potrebitelskaya tara alkogolnoy produksii (za isklyucheniyem naturalnix i igristix vin) doljna soderjat meditsinskoye preduprejdeniye v vide tekstovoy nadpisi i (ili) risunka, zanimayusheye ne meneye soroka protsentov osnovnoy ploshadi etiketki. Pri eksporte produksii dopuskayetsya meditsinskoye preduprejdeniye ne ukazivat (po usloviyam kontrakta)”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi — yigirma oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“K tekstam meditsinskix preduprejdeniy, razmeshayemim na etiketke alkogolnoy produksii, predʼyavlyayutsya sleduyushiye trebovaniya:
shrift teksta — v formate Nelvetica, zaglavnimi bukvami;
tekst pechatayetsya chernim svetom na belom fone;
tekst doljen bit pomeshen v chernuyu ramku i ramka ne doljna zatenyat tekst;
tolshina linii ramki ne doljna bit meneye 3 mm i ne boleye 4 mm;
tekst doljen raspolagatsya gorizontalno na osnovnoy poverxnosti etiketki;
na aksiznoy marke alkogolnoy produksii nelzya razmeshat teksti meditsinskix preduprejdeniy;
tekst doljen bit raspolojen takim obrazom, chtobi yego nelzya bilo udalit pri otkritii krishki alkogolnoy produksii;
meditsinskiye preduprejdeniya nanosyatsya po prinsipu rotatsii.
Na osnovnoy poverxnosti etiketki kajdoy tarm alkogolnoy produksii razmeshayetsya odno iz sleduyushix meditsinskix preduprejdeniy na gosudarstvennom i russkom yazikax Respubliki Uzbekistan”:
“Xavf alkogolning birinchi tomchisidanoq yuzaga keladi;
Risk voznikayet s pervoy kapley alkogolya;
Alkogolning har bir tomchisi sogʻlik va jamiyat uchun xavfni oshiradi;
Kajdaya kaplya alkogolya povishayet risk dlya zdorovya i obshestva;
Alkogol salomatligingizga zarar keltiradi!
Alkogol vredit vashemu zdorovyu!”;
oʻn birinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma yettinchi — oʻttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki mahsulotlari uchun texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 18-maydagi 290-son qarorida:
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari mazkur qaror bilan tasdiqlangan Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi texnik reglament amalga kiritilgan kundan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin”;
1-ilova 47-bandining oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tasvir bilan band boʻlmagan maydon qolganda ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi vakolat bergan shaxs va import qiluvchi tomonidan ushbu maydonni tibbiy ogohlantirish tasviri bilan toʻldirish maqsadi bildirilsa, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli tibbiy ogohlantirish tasviridagi axborotning mohiyatini oʻzgartirmagan holda, ushbu tasvirning oʻlchamlari va (yoki) mazmunini ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchi tomonidan vakolat berilgan shaxs va import qiluvchi tomonidan taqdim etilgan isteʼmol oʻrovi va bloklarning oʻlchamlariga muvofiq ularning asosiy yuzasining kamida 65 foizini qoplaydigan qilib oʻzgartirib berishga ruxsat etiladi. Bunda oʻzgartirilgan tibbiy ogohlantirish tasvirlari qoʻllanilganda, isteʼmol oʻrovi va bloklarning asosiy yuzasi tasvir bilan band boʻlmagan, lekin buning uchun ajratilgan maydon qolganda, ushbu tibbiy ogohlantirishning tomonlari nisbati Texnik reglamentning 48 — 50-bandlarida belgilangan tartibda oʻzgartiriladi va Pantone 448S rangidan foydalanish talab etilmaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 09/24/507/0619-son; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)