Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga “Fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirish masalalarida oliy taʼlim muassasalarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga “Fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatini oshirish masalalarida oliy taʼlim muassasalarining nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 2-iyul,
4534-IV-son