Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1176-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
(“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
(“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1176-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-iyul,
4631-IV-son