29.07.2024 yildagi 4666-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramini keng nishonlash va munosib oʻtkazish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramini tashkiliy-gʻoyaviy jihatdan yuksak darajada oʻtkazish, ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, shuningdek yangi tahrirdagi Konstitutsiyada, “Oʻzbekiston –– 2030” strategiyasida xalqparvar davlat barpo etish, insonning huquqlari va manfaatlarini, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash borasida belgilangan keng koʻlamli vazifalar doirasida olib borilayotgan shiddatli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish, “Bir boʻlsak –– yagona xalqmiz, birlashsak –– Vatanmiz!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramini keng nishonlash va munosib oʻtkazish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan saylov okruglarida mustaqillik yillarida olib borilgan keng qamrovli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, “Oʻzbekiston –– 2030” strategiyasi hamda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturining ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonunlar va ularning jamiyat farovonligini taʼminlash hamda odamlar hayotini yaxshilashda tutgan oʻrni, ahamiyati va mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramini keng nishonlash va munosib oʻtkazish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. TOJIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4666-IV-son