Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKA VALYUTA BIRJASIDA OPERATSIYALAR HAJMINI KENGAYTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli “Valyuta operatsiyalarini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Valyuta bozorini korxonalarning vaqtincha but boʻlgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarini jalb qilish hisobiga kengaytirish va amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida korxonalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, vakil qilingan banklar va Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-noyabr,
566-son
Korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazish
TARTIBI
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur tartib korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida (keyingi oʻrinlarida valyuta birjasi deb ataladi) xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini hamda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga hamda mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning xorijiy valyutani majburiy sotishlarini tartibga soladi.
1.2. Valyuta birjasida:
a) korxonalar va tashkilotlarning valyutasi Respublika valyuta birjasi kafolati bilan valyuta SVOPi bitishuvlari shartlarida qaytarib sotib olish huquqi bilan sotishlari;
b) budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga hamda mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning joriy schyotlarida mavjud boʻlgan hamda boshqa majburiyatlar bilan band boʻlmagan erkin muomaladagi valyutani majburiy sotishlari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.3. Valyuta birjasida valyuta operatsiyalari vakil qilingan banklar orqali belgilangan tartibda vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi.
1.4. Respublika valyuta fondi kafolati bilan bajariladigan almashtirish operatsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakil qilgan bank xizmatini oʻtaydi.
1.5. Mazkur tartibning 1.2-bandiga muvofiq valyuta operatsiyalari natijasida olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Respublika valyuta fondi uchun maxsus schyot ochiladi.
“Respublika valyuta fondining Respublika valyuta fondi kafolati bilan valyuta birjasida almashtirish operatsiyalari natijasida xarid qilingan, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklar va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlariga oid majburiyatlarni bajarishga aloqador operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlari”.
1.6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yuqorida koʻrsatib oʻtilgan schyot boʻyicha oʻtkazilayotgan operatsiyalarga oid axborotni har oyda belgilangan shakllarda Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va Davlat soliq qoʻmitasiga takdim etadi.
2. KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING VAQTINChA BAND BOʻLMAGAN XORIJIY VALYUTADAGI MABLAGʻLARINI SVOP ShARTLARIDA SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI
2.1. Vaqtincha band boʻlmagan xorijiy valyutaga ega boʻlgan korxonalar ularni Respublika valyuta fondi kafolati bilan vakil qilingan banklar orqali SVOP shartlarida valyuta birjasida quyidagi shartlarda sotishga qoʻyishlari mumkin:
a) kelishilgan muddatga;
b) yoʻqlab olinadigan muddatga (bir yildan ortiq emas).
2.2. Vaqtincha band boʻlmagan mablagʻlarga ega boʻlgan korxona vakil qilingan bankka xorijiy valyutadagi mablagʻlarni valyuta birjasida sotish taklifi bilan belgilangan shaklda murojaat qilishi mumkin. Korxona ayni bir vaqtda belgilangan shakldagi buyurtmanoma bilan bitishuv tuzilishi mumkin boʻlgan summa va muddatni koʻrsatib SVOP shartlarida operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida Milliy bankka murojaat qiladi.
2.3. Milliy bank Moliya vazirligi bilan koʻrsatilgan operatsiyani keyinchalik qayta almashtirish huquqi bilan amalga oshirish toʻgʻrisidagi kafolatli bitimni va valyuta sotuvchi korxona bilan balki aniq SVOP shartlaridagi oldi-sotdi toʻgʻrisidagi bitimni rasmiylashtiradi.
Sotuvchi korxona uchun valyutani sotish va xarid qilish kursi har bir bitishuv kunidagi birja kursi boʻyicha belgilanadi. SVOP bitishuvi tugaganda korxona toʻliq summani sotib olish huquqiga ega boʻladi hamda muddatli bitishuvlar boʻyicha 3,0 foiz va yoʻqlab olinadigan bitishuvlar boʻyicha 2,0 foiz miqdorida Respublika valyuta fondi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan qoʻshimcha yillik daromad oladi.
2.4. 2.1-bandda koʻrsatilgan bitishuvlar Milliy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy bank koʻrsatilgan bitishuvlarning ahvoli toʻgʻrisida Moliya vazirligiga muntazam hisobot berib turadi va sotuvchi korxona oldidagi majburiyatlarning bajarilish uchun barcha chora-tadbirlarni koʻradi.
2.5. Qayta almashtirish muddati kelgan va valyuta bozorida band boʻlmagan valyuta mablagʻlari yoʻq boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mablagʻlar maxsus qaror bilan bu maqsadlar uchun Milliy bankda shakllantiriladigan va joylashtiriladigan Respublika valyuta fondining qayta almashtirish rezerv fondidan ajratiladi.
3. KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING BUDJET VA BUDJETDAN TAShQARI FONDLAR OLDIDAGI MUDDATI OʻTKAZIB YuBORILGAN QARZLARI BOʻYIChA MAJBURIYATLARINI BAJARIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALAR
3.1 Budjet va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari va xorijiy valyutadagi schyotlarida erkin muomaladagi valyutalari mavjud boʻlgan korxonalar “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasi 4-bandiga muvofiq budjetga va budjetdan tashqari fondlarga, qarzlarni toʻlash hisobiga milliy valyutada hisoblab oʻtkazish uchun xorijiy valyutani vakil qilingan banklar orqali valyuta birjasida sotishga majburdirlar.
3.2. Budjet va budjetdan tashqari fondlarga hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kuniga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar roʻyxati va qarzlar hajmi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha eʼlon qilinadi va korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlari ochilgan banklarga yuboriladi.
3.3 Korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlariga ega boʻlgan banklar Davlat soliq qoʻmitasi roʻyxatida koʻrsatilgan korxonalar valyutani sotish buyurtmanomasini taqdim etgunlariga yoki Moliya vazirligining maxsus koʻrsatmasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ularning xorijiy valyutadagi schyotlaridagi qarz hajmiga teng boʻlgan mablagʻlarini toʻxtatib qoʻyadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. BANKLAR VA MAHSULOT YETKAZIB BERUVChILAR SChYOTLARI BOʻYIChA MUDDATI OʻTKAZIB YuBORILGAN QARZLARNI TOʻLASh UChUN VALYUTANI VALYUTA BIRJALARI ORQALI SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI
Keyingi tahrirga qarang.
4.1. Mazkur qoida bank ssudalari va mahsulot yetkazib beruvchi schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarga hamda xorijiy valyutadagi schyotlarga ega boʻlgan barcha korxonalar va tashkilotlarga joriy qilinadi.
4.2. Muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan tashkilotlar roʻyxati va bu qarzlar hajmi hamda vakil qilingan banklardagi valyuta schyotlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki byulletenida xar oyda keyingi oyning 15-kunigacha eʼlon qilinadi va ikki kun mobaynida barcha vakil qilingan banklarga yetkaziladi.
4.3. Bankka va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan korxonalar oy tugagandan keyin 5 kun mobaynida xorijiy valyutani sotish boʻyicha namunaviy buyurtmanomani (Markaziy bankning 1993-yil 22-iyundagi 40-son xatiga 2-ilova) bankning nomi, korrespondent schyot raqami, muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda schyot raqami va muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda qarzi summasini koʻrsatib, valyuta schyoti ochilgan vakil qilingan bankka taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4.4. Qarzdor korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlari ochilgan vakil qilingan banklar Markaziy bank roʻyxati boʻyicha valyutani sotish boʻyicha buyurtmanomalarini 4.3-bandda koʻrsatilgan muddatda olmasalar valyuta mablagʻlarining teng keluvchi ekvivalentini Markaziy bankning koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi maxsus koʻrsatmasini olgunga qadar toʻxtatib qoʻyadilar.
5. SOʻMLARNI ERKIN MUOMALADAGI VALYUTAGA ALMAShTIRIShDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR
5.1. Respublika valyuta fondi kafolati bilan valyuta SVOPi shartlarida sotish uchun birjaga qoʻyiladigan erkin muomaladagi valyuta mablagʻlari, shuningdek, budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻlash uchun sotiladigan va mazkur tartibning 1.5-bandiga muvofiq maxsus schyotda hisobga olinadigan mablagʻlar birinchi navbatda korxonalar va tashkilotlarning imtiyozli deb tan olingan maqsaddagi buyurtmanomalarini qondirishga yoʻllanadi.
Bunda buyurtmanomalar valyuta birjasiga qoʻyiladi va ularning asoslanganligiga xaridorning berilgan buyurtmanomasini iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadigan vakil qilingan banki javobgar buladi.
5.2 Erkin muomaladagi valyutani valyuta birjasida sotish operatsiyalari quyidagi vazifalarni bajarish uchun ustuvor tartibda amalga oshiriladi:
ishlab chiqarilayotgan tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni eksport qilish asosida oʻz valyuta xarajatlarini qoplashni taʼminlaydigan yoki import qilinadiganlar oʻrnini bosadigan va ustuvorlar roʻyxatiga kiritilgan (1-roʻyxat) ishlab chiqarishlar uchun texnologiyalarni xarid qilish;
Markaziy bankning soʻmni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish imtiyozli huquqi patentlari boʻyicha isteʼmol bozorini import qilinadigan oʻta kamyob xalq isteʼmol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish (2, 3-roʻyxatlar).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1-ROʻYXAT
Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi xarid qilinadigan texnologiyalar, butlovchi buyumlar va xomashyolar
ROʻYXATI
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash.
2. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish.
3. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish.
4. Tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar ishlab chiqarish.
5. Tovarlarni eksport qilishni va/yoki importning oʻrnini bosib taʼminlovchi ishlab turgan ishlab chiqarishlar uchun butlovchi buyumlar xomashyolar xarid qilish.
2-ROʻYXAT
Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi import qilinadigan oziq-ovqat tovarlari
ROʻYXATI
1. Qand-shakar
2. Quruq sut
3. Bolalar oziq-ovqati mahsulotlari
4. Choy
5. Sariyogʻ
6. Goʻsht
7. 0ziq-ovqat konsentratlari
Oldingi tahrirga qarang.
8. Goʻsht konservalari
9. Sut konservalari
10. Baliq mahsulotlari, shu jumladan konservalar
12. Qandolatchilik mahsulotlari
13. Dorivorlar (lavr bargi, qalampir va qora murch, xantal, sirka va boshqalar)
14. Kofe
15. Tamaki mahsulotlari
16. Kraxmal
17. Soda va xamirturush
18. Oʻsimlik yogʻi
(8-18-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-martdagi 413-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
3-ROʻYXAT
Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi import qilinadigan nooziq-ovqat tovarlari
ROʻYXATI
Attorlik-atir-upa mollari
1. Tish yuvish pastasi
2. Sintetik yuvish vositalari
3. Atir sovun
4. Soqol olish kremi
5. Lezviya
Tikuvchilik va trikotaj buyumlari
1. Erkaklar va ayollar paltolari
2. Erkaklar va ayollar plashlari
3. Erkaklar va ayollar kurtkalari
4. Erkaklar kostyumlari
5. Erkaklar va bolalar shimlari
6. Erkaklar koʻylaklari
7. Ayollar koʻylaklari va kostyumlari
8. Erkaklar va ayollar nimchalari, jemperlari, sviterlari
9. Ayollarning uzun yubkalari
10. Ayollar ichki kiyimi toʻplamlari
11. Ayollarning jundan va yarim jundan toʻqilgan pantalonlari
12. Barcha turdagi iplardan toʻqilgan ayollar kolgotkalari paypoqlari
13. Erkaklarning issiq paypoqlari
14. Sport kiyim-boshlari
Charm va sport oyoq kiyimlari
1. Erkaklarning moʻynali qoʻnji kalta etiklari
2. Qoʻnji kalta issiq etiklar
3. Erkaklarning mavsumiy qoʻnjsiz botinkalari
4. Erkaklarning moʻynali botinkalari
5. Erkaklarning issiq etiklari
6. Erkaklarning model tuflilari
7. Ayollarning moʻynali etiklari
8. Ayollarning issiq etiklari
9. Ayollarning moʻynali qoʻnji kalta etiklari
10. Ayollar botinkalari
11. Ayollarning mavsumiy tuflilari
12. Ayollarning model tuflilari
13 Bolalar oyoq kiyimi
14. Sport oyoq kiyimi
Madaniy-maishiy va xoʻjalik tovarlari
1. Sovutgichlar
2. Muzlatgichlar
3. Gaz plitalari
4. Chyang yutgichlar
5. Kir yuvish mashinalari
6. Roʻzgʻor konditsionerlari
7. Ventilyatorlyar
8. Elektr dazmollar
9. Mebel
10. Televizorlar
11. Gilam va gilam buyumlari
12. Magnitofonlar
13. Videomagnitofonlar
14. Radiopryomnik qurilmalari
15. Fotoapparatlar
16. Fotokinoplyonkalar
17. Foto qogʻozlari
18. Galvanik elementlar
19. Barcha turdagi soatlar
20. Telefon apparatlari
21. Personal kompyuterlar
22. Mikrokalkulyatorlar
23. Elektron kassa apparatlari
24. Ogʻirlikni oʻlchash asboblari
25. Sanitariya-texnika anjomlari
26. Maktab-yozuv va kanselyariya ashyolari
27. Tikuv mashinalari
28. Mikserlar
29. Mikro toʻlqinli pech
30. Video va audio kassetalar
31. Kinokameralar
32. Yorugʻlikni oʻta sezuvchi materiallar
33. Fotokino ashyolari
34. Qogʻoz buyumlar
35. Elektr goʻsht maydalagichlar
36. Elektr kofe maydalagichlar
37. Shampunlar
38. Soch boʻyoqlari
39. Elektrobritvalar
40. Tyul-gardinbol (pardabop) toʻr
41. Korset buyumlar
42. Toʻgʻnogʻichlar, ignalar
43. Pishitilgan iplar
44. Mulina iplar
45. Akril iplar
46. Elektrofenlar
47. Elektr qisqichlar
48. Elektroploykalar
49. Manikyur toʻplamlari
50. Kosmetichkalar
51. Toʻy toʻplamlari
Oldingi tahrirga qarang.
52. Yuk avtomobillari (yengil avtomobillardan tashqari)
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-martdagi 94-sonli qarori tahririda)
53. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar
Oldingi tahrirga qarang.
54. Par va pat mahsulotlari
55. Kalishlar
56. Vazelin, terini parvarishlash uchun kremlar va losonlar
57. Kleyonka
58. Tish choʻtkasi
59. Rezina tasmalar
60. Soqol olish apparatlari, odekolonlar va soqol olishga, olgandan soʻng ishlatiladigan pardoz suvlari
61. Oʻquvchilar daftarlari
62. Qulflar-mayda metall buyumlar
63. Elektr lampalar, shu jumladan lampochkalar
64. Roʻzgʻor audio videotexnikasi uchun ehtiyot qismlar, kuchaytirgichlar va moslamalar
65. Lok-boʻyoq mahsulotlari
66. Roʻzgʻor kimyo tovarlari
67. Kafel
68. Motor moyi
69. Erkaklar va ayollarning paxmoq xalatlari, oʻrin-koʻrpa buyumlari
70. Bosh kiyimlar
71. Jun gazlamalar
72. Zigʻirpoya gazlamalar
73. Gugurt
74. Aholiga sotiladigan dori-darmon vositalari, tibbiy va gigiyena buyumlar, tibbiyot texnikasi
(54-74-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 23-martdagi 94-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
Keyingi tahrirga qarang.