Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.11.1994 yildagi 566-son
Кучга кириш санаси
23.11.1994
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 23.03.1995 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKA VALYUTA BIRJASIDA OPERATSIYALAR HAJMINI KENGAYTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA | OʻZBEKISTON RESPUBLIKA VALYUTA BIRJASIDA OPERATSIYALAR HAJMINI KENGAYTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA |
Valyuta bozorini korxonalarning vaqtincha but boʻlgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarini jalb qilish hisobiga kengaytirish va amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Valyuta bozorini korxonalarning vaqtincha but boʻlgan xorijiy valyutadagi mablagʻlarini jalb qilish hisobiga kengaytirish va amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida korxonalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida korxonalar va tashkilotlar tomonidan xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, vakil qilingan banklar va Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini taʼminlasinlar. | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, vakil qilingan banklar va Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshirilayotgan valyuta almashtirish operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini taʼminlasinlar. |
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. | 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin. |
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV | Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1994-yil 23-noyabr, | 1994-yil 23-noyabr, |
566-son | 566-son |
Korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazish | Korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini oʻtkazish |
TARTIBI | TARTIBI |
1. UMUMIY QOIDALAR | 1. UMUMIY QOIDALAR |
1.1. Mazkur tartib korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida (keyingi oʻrinlarida valyuta birjasi deb ataladi) xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini hamda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga hamda mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning xorijiy valyutani majburiy sotishlarini tartibga soladi. | 1.1. Mazkur tartib korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston respublika valyuta birjasida (keyingi oʻrinlarida valyuta birjasi deb ataladi) xorijiy valyutani oldi-sotdi boʻyicha almashtirish operatsiyalarini hamda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga hamda mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning xorijiy valyutani majburiy sotishlarini tartibga soladi. |
1.2. Valyuta birjasida: | 1.2. Valyuta birjasida: |
a) korxonalar va tashkilotlarning valyutasi Respublika valyuta birjasi kafolati bilan valyuta SVOPi bitishuvlari shartlarida qaytarib sotib olish huquqi bilan sotishlari; | a) korxonalar va tashkilotlarning valyutasi Respublika valyuta birjasi kafolati bilan valyuta SVOPi bitishuvlari shartlarida qaytarib sotib olish huquqi bilan sotishlari; |
b) budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga hamda mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning joriy schyotlarida mavjud boʻlgan hamda boshqa majburiyatlar bilan band boʻlmagan erkin muomaladagi valyutani majburiy sotishlari amalga oshiriladi. | |
1.3. Valyuta birjasida valyuta operatsiyalari vakil qilingan banklar orqali belgilangan tartibda vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. | 1.3. Valyuta birjasida valyuta operatsiyalari vakil qilingan banklar orqali belgilangan tartibda vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. |
1.4. Respublika valyuta fondi kafolati bilan bajariladigan almashtirish operatsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakil qilgan bank xizmatini oʻtaydi. | 1.4. Respublika valyuta fondi kafolati bilan bajariladigan almashtirish operatsiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy banki vakil qilgan bank xizmatini oʻtaydi. |
1.5. Mazkur tartibning 1.2-bandiga muvofiq valyuta operatsiyalari natijasida olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Respublika valyuta fondi uchun maxsus schyot ochiladi. | 1.5. Mazkur tartibning 1.2-bandiga muvofiq valyuta operatsiyalari natijasida olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlardan foydalanishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat milliy bankida Respublika valyuta fondi uchun maxsus schyot ochiladi. |
“Respublika valyuta fondining Respublika valyuta fondi kafolati bilan valyuta birjasida almashtirish operatsiyalari natijasida xarid qilingan, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklar va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlariga oid majburiyatlarni bajarishga aloqador operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlari”. | “Respublika valyuta fondining Respublika valyuta fondi kafolati bilan valyuta birjasida almashtirish operatsiyalari natijasida xarid qilingan, shuningdek, korxonalar va tashkilotlarning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklar va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlariga oid majburiyatlarni bajarishga aloqador operatsiyalardan olingan xorijiy valyutadagi mablagʻlari”. |
1.6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yuqorida koʻrsatib oʻtilgan schyot boʻyicha oʻtkazilayotgan operatsiyalarga oid axborotni har oyda belgilangan shakllarda Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va Davlat soliq qoʻmitasiga takdim etadi. | 1.6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yuqorida koʻrsatib oʻtilgan schyot boʻyicha oʻtkazilayotgan operatsiyalarga oid axborotni har oyda belgilangan shakllarda Moliya vazirligiga, Markaziy bankka va Davlat soliq qoʻmitasiga takdim etadi. |
2. KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING VAQTINChA BAND BOʻLMAGAN XORIJIY VALYUTADAGI MABLAGʻLARINI SVOP ShARTLARIDA SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI | 2. KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING VAQTINChA BAND BOʻLMAGAN XORIJIY VALYUTADAGI MABLAGʻLARINI SVOP ShARTLARIDA SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI |
2.1. Vaqtincha band boʻlmagan xorijiy valyutaga ega boʻlgan korxonalar ularni Respublika valyuta fondi kafolati bilan vakil qilingan banklar orqali SVOP shartlarida valyuta birjasida quyidagi shartlarda sotishga qoʻyishlari mumkin: | 2.1. Vaqtincha band boʻlmagan xorijiy valyutaga ega boʻlgan korxonalar ularni Respublika valyuta fondi kafolati bilan vakil qilingan banklar orqali SVOP shartlarida valyuta birjasida quyidagi shartlarda sotishga qoʻyishlari mumkin: |
a) kelishilgan muddatga; | a) kelishilgan muddatga; |
b) yoʻqlab olinadigan muddatga (bir yildan ortiq emas). | b) yoʻqlab olinadigan muddatga (bir yildan ortiq emas). |
2.2. Vaqtincha band boʻlmagan mablagʻlarga ega boʻlgan korxona vakil qilingan bankka xorijiy valyutadagi mablagʻlarni valyuta birjasida sotish taklifi bilan belgilangan shaklda murojaat qilishi mumkin. Korxona ayni bir vaqtda belgilangan shakldagi buyurtmanoma bilan bitishuv tuzilishi mumkin boʻlgan summa va muddatni koʻrsatib SVOP shartlarida operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida Milliy bankka murojaat qiladi. | 2.2. Vaqtincha band boʻlmagan mablagʻlarga ega boʻlgan korxona vakil qilingan bankka xorijiy valyutadagi mablagʻlarni valyuta birjasida sotish taklifi bilan belgilangan shaklda murojaat qilishi mumkin. Korxona ayni bir vaqtda belgilangan shakldagi buyurtmanoma bilan bitishuv tuzilishi mumkin boʻlgan summa va muddatni koʻrsatib SVOP shartlarida operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida Milliy bankka murojaat qiladi. |
2.3. Milliy bank Moliya vazirligi bilan koʻrsatilgan operatsiyani keyinchalik qayta almashtirish huquqi bilan amalga oshirish toʻgʻrisidagi kafolatli bitimni va valyuta sotuvchi korxona bilan balki aniq SVOP shartlaridagi oldi-sotdi toʻgʻrisidagi bitimni rasmiylashtiradi. | 2.3. Milliy bank Moliya vazirligi bilan koʻrsatilgan operatsiyani keyinchalik qayta almashtirish huquqi bilan amalga oshirish toʻgʻrisidagi kafolatli bitimni va valyuta sotuvchi korxona bilan balki aniq SVOP shartlaridagi oldi-sotdi toʻgʻrisidagi bitimni rasmiylashtiradi. |
Sotuvchi korxona uchun valyutani sotish va xarid qilish kursi har bir bitishuv kunidagi birja kursi boʻyicha belgilanadi. SVOP bitishuvi tugaganda korxona toʻliq summani sotib olish huquqiga ega boʻladi hamda muddatli bitishuvlar boʻyicha 3,0 foiz va yoʻqlab olinadigan bitishuvlar boʻyicha 2,0 foiz miqdorida Respublika valyuta fondi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan qoʻshimcha yillik daromad oladi. | Sotuvchi korxona uchun valyutani sotish va xarid qilish kursi har bir bitishuv kunidagi birja kursi boʻyicha belgilanadi. SVOP bitishuvi tugaganda korxona toʻliq summani sotib olish huquqiga ega boʻladi hamda muddatli bitishuvlar boʻyicha 3,0 foiz va yoʻqlab olinadigan bitishuvlar boʻyicha 2,0 foiz miqdorida Respublika valyuta fondi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan qoʻshimcha yillik daromad oladi. |
2.4. 2.1-bandda koʻrsatilgan bitishuvlar Milliy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy bank koʻrsatilgan bitishuvlarning ahvoli toʻgʻrisida Moliya vazirligiga muntazam hisobot berib turadi va sotuvchi korxona oldidagi majburiyatlarning bajarilish uchun barcha chora-tadbirlarni koʻradi. | 2.4. 2.1-bandda koʻrsatilgan bitishuvlar Milliy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Milliy bank koʻrsatilgan bitishuvlarning ahvoli toʻgʻrisida Moliya vazirligiga muntazam hisobot berib turadi va sotuvchi korxona oldidagi majburiyatlarning bajarilish uchun barcha chora-tadbirlarni koʻradi. |
2.5. Qayta almashtirish muddati kelgan va valyuta bozorida band boʻlmagan valyuta mablagʻlari yoʻq boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mablagʻlar maxsus qaror bilan bu maqsadlar uchun Milliy bankda shakllantiriladigan va joylashtiriladigan Respublika valyuta fondining qayta almashtirish rezerv fondidan ajratiladi. | 2.5. Qayta almashtirish muddati kelgan va valyuta bozorida band boʻlmagan valyuta mablagʻlari yoʻq boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mablagʻlar maxsus qaror bilan bu maqsadlar uchun Milliy bankda shakllantiriladigan va joylashtiriladigan Respublika valyuta fondining qayta almashtirish rezerv fondidan ajratiladi. |
3. KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING BUDJET VA BUDJETDAN TAShQARI FONDLAR OLDIDAGI MUDDATI OʻTKAZIB YuBORILGAN QARZLARI BOʻYIChA MAJBURIYATLARINI BAJARIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALAR 3.1 Budjet va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari va xorijiy valyutadagi schyotlarida erkin muomaladagi valyutalari mavjud boʻlgan korxonalar “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasi 4-bandiga muvofiq budjetga va budjetdan tashqari fondlarga, qarzlarni toʻlash hisobiga milliy valyutada hisoblab oʻtkazish uchun xorijiy valyutani vakil qilingan banklar orqali valyuta birjasida sotishga majburdirlar. 3.2. Budjet va budjetdan tashqari fondlarga hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kuniga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar roʻyxati va qarzlar hajmi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha eʼlon qilinadi va korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlari ochilgan banklarga yuboriladi. 3.3 Korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlariga ega boʻlgan banklar Davlat soliq qoʻmitasi roʻyxatida koʻrsatilgan korxonalar valyutani sotish buyurtmanomasini taqdim etgunlariga yoki Moliya vazirligining maxsus koʻrsatmasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ularning xorijiy valyutadagi schyotlaridagi qarz hajmiga teng boʻlgan mablagʻlarini toʻxtatib qoʻyadi. 4. BANKLAR VA MAHSULOT YETKAZIB BERUVChILAR SChYOTLARI BOʻYIChA MUDDATI OʻTKAZIB YuBORILGAN QARZLARNI TOʻLASh UChUN VALYUTANI VALYUTA BIRJALARI ORQALI SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI | 4. BANKLAR VA MAHSULOT YETKAZIB BERUVChILAR SChYOTLARI BOʻYIChA MUDDATI OʻTKAZIB YuBORILGAN QARZLARNI TOʻLASh UChUN VALYUTANI SOTIShGA ALOQADOR ALMAShTIRISh OPERATSIYALARI |
4.1. Mazkur qoida bank ssudalari va mahsulot yetkazib beruvchi schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarga hamda xorijiy valyutadagi schyotlarga ega boʻlgan barcha korxonalar va tashkilotlarga joriy qilinadi. | 4.1. Mazkur qoida bank ssudalari va mahsulot yetkazib beruvchi schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarga hamda xorijiy valyutadagi schyotlarga ega boʻlgan barcha korxonalar va tashkilotlarga joriy qilinadi. |
4.2. Muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan tashkilotlar roʻyxati va bu qarzlar hajmi hamda vakil qilingan banklardagi valyuta schyotlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki byulletenida xar oyda keyingi oyning 15-kunigacha eʼlon qilinadi va ikki kun mobaynida barcha vakil qilingan banklarga yetkaziladi. | 4.2. Muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan tashkilotlar roʻyxati va bu qarzlar hajmi hamda vakil qilingan banklardagi valyuta schyotlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki byulletenida xar oyda keyingi oyning 15-kunigacha eʼlon qilinadi va ikki kun mobaynida barcha vakil qilingan banklarga yetkaziladi. |
4.3. Bankka va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan korxonalar oy tugagandan keyin 5 kun mobaynida xorijiy valyutani sotish boʻyicha namunaviy buyurtmanomani (Markaziy bankning 1993-yil 22-iyundagi 40-son xatiga 2-ilova) bankning nomi, korrespondent schyot raqami, muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda schyot raqami va muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda qarzi summasini koʻrsatib, valyuta schyoti ochilgan vakil qilingan bankka taqdim etadilar. | 4.3. Bankka va mahsulot yetkazib beruvchilar schyotlari boʻyicha milliy valyutada muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan korxonalar oy tugagandan keyin 5 kun mobaynida xorijiy valyutani sotish boʻyicha buyurtmanomani bankning nomi, korrespondent schyot raqami, muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda schyot raqami va muddati oʻtkazib yuborilgan ssuda qarzi summasini koʻrsatib, valyuta schyoti ochilgan vakil qilingan bankka taqdim etadilar. |
4.4. Qarzdor korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlari ochilgan vakil qilingan banklar Markaziy bank roʻyxati boʻyicha valyutani sotish boʻyicha buyurtmanomalarini 4.3-bandda koʻrsatilgan muddatda olmasalar valyuta mablagʻlarining teng keluvchi ekvivalentini Markaziy bankning koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi maxsus koʻrsatmasini olgunga qadar toʻxtatib qoʻyadilar. | 4.4. Qarzdor korxonalarning xorijiy valyutadagi schyotlari ochilgan vakil qilingan banklar Markaziy bank roʻyxati boʻyicha valyutani sotish boʻyicha buyurtmanomalarini 4.3-bandda koʻrsatilgan muddatda olmasalar valyuta mablagʻlarining teng keluvchi ekvivalentini Markaziy bankning koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish mumkinligi toʻgʻrisidagi maxsus koʻrsatmasini olgunga qadar toʻxtatib qoʻyadilar. |
5. SOʻMLARNI ERKIN MUOMALADAGI VALYUTAGA ALMAShTIRIShDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR | 5. SOʻMLARNI ERKIN MUOMALADAGI VALYUTAGA ALMAShTIRIShDAGI USTUVOR YOʻNALIShLAR |
5.1. Respublika valyuta fondi kafolati bilan valyuta SVOPi shartlarida sotish uchun birjaga qoʻyiladigan erkin muomaladagi valyuta mablagʻlari, shuningdek, budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklarga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻlash uchun sotiladigan va mazkur tartibning 1.5-bandiga muvofiq maxsus schyotda hisobga olinadigan mablagʻlar birinchi navbatda korxonalar va tashkilotlarning imtiyozli deb tan olingan maqsaddagi buyurtmanomalarini qondirishga yoʻllanadi. Bunda buyurtmanomalar valyuta birjasiga qoʻyiladi va ularning asoslanganligiga xaridorning berilgan buyurtmanomasini iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazadigan vakil qilingan banki javobgar buladi. 5.2 Erkin muomaladagi valyutani valyuta birjasida sotish operatsiyalari quyidagi vazifalarni bajarish uchun ustuvor tartibda amalga oshiriladi: ishlab chiqarilayotgan tovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni eksport qilish asosida oʻz valyuta xarajatlarini qoplashni taʼminlaydigan yoki import qilinadiganlar oʻrnini bosadigan va ustuvorlar roʻyxatiga kiritilgan (1-roʻyxat) ishlab chiqarishlar uchun texnologiyalarni xarid qilish; Markaziy bankning soʻmni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish imtiyozli huquqi patentlari boʻyicha isteʼmol bozorini import qilinadigan oʻta kamyob xalq isteʼmol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish (2, 3-roʻyxatlar). | |
1-ROʻYXAT | 1-ROʻYXAT |
Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi xarid qilinadigan texnologiyalar, butlovchi buyumlar va xomashyolar | Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi xarid qilinadigan texnologiyalar, butlovchi buyumlar va xomashyolar |
ROʻYXATI | ROʻYXATI |
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash. | 1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash. |
2. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. | 2. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. |
3. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish. | 3. Mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish. |
4. Tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar ishlab chiqarish. | 4. Tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar ishlab chiqarish. |
5. Tovarlarni eksport qilishni va/yoki importning oʻrnini bosib taʼminlovchi ishlab turgan ishlab chiqarishlar uchun butlovchi buyumlar xomashyolar xarid qilish. | 5. Tovarlarni eksport qilishni va/yoki importning oʻrnini bosib taʼminlovchi ishlab turgan ishlab chiqarishlar uchun butlovchi buyumlar xomashyolar xarid qilish. |
2-ROʻYXAT Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi import qilinadigan oziq-ovqat tovarlari ROʻYXATI 1. Qand-shakar 2. Quruq sut 3. Bolalar oziq-ovqati mahsulotlari 4. Choy 5. Sariyogʻ 6. Goʻsht 7. 0ziq-ovqat konsentratlari 8. Goʻsht konservalari 9. Sut konservalari 10. Baliq mahsulotlari, shu jumladan konservalar 12. Qandolatchilik mahsulotlari 13. Dorivorlar (lavr bargi, qalampir va qora murch, xantal, sirka va boshqalar) 14. Kofe 15. Tamaki mahsulotlari 16. Kraxmal 17. Soda va xamirturush 18. Oʻsimlik yogʻi 3-ROʻYXAT Respublika valyuta bozorida erkin muomaladagi valyutaga almashtirishda ustuvorlik huquqini beruvchi import qilinadigan nooziq-ovqat tovarlari ROʻYXATI Attorlik-atir-upa mollari 1. Tish yuvish pastasi 2. Sintetik yuvish vositalari 3. Atir sovun 4. Soqol olish kremi 5. Lezviya Tikuvchilik va trikotaj buyumlari 1. Erkaklar va ayollar paltolari 2. Erkaklar va ayollar plashlari 3. Erkaklar va ayollar kurtkalari 4. Erkaklar kostyumlari 5. Erkaklar va bolalar shimlari 6. Erkaklar koʻylaklari 7. Ayollar koʻylaklari va kostyumlari 8. Erkaklar va ayollar nimchalari, jemperlari, sviterlari 9. Ayollarning uzun yubkalari 10. Ayollar ichki kiyimi toʻplamlari 11. Ayollarning jundan va yarim jundan toʻqilgan pantalonlari 12. Barcha turdagi iplardan toʻqilgan ayollar kolgotkalari paypoqlari 13. Erkaklarning issiq paypoqlari 14. Sport kiyim-boshlari Charm va sport oyoq kiyimlari 1. Erkaklarning moʻynali qoʻnji kalta etiklari 2. Qoʻnji kalta issiq etiklar 3. Erkaklarning mavsumiy qoʻnjsiz botinkalari 4. Erkaklarning moʻynali botinkalari 5. Erkaklarning issiq etiklari 6. Erkaklarning model tuflilari 7. Ayollarning moʻynali etiklari 8. Ayollarning issiq etiklari 9. Ayollarning moʻynali qoʻnji kalta etiklari 10. Ayollar botinkalari 11. Ayollarning mavsumiy tuflilari 12. Ayollarning model tuflilari 13 Bolalar oyoq kiyimi 14. Sport oyoq kiyimi Madaniy-maishiy va xoʻjalik tovarlari 1. Sovutgichlar 2. Muzlatgichlar 3. Gaz plitalari 4. Chyang yutgichlar 5. Kir yuvish mashinalari 6. Roʻzgʻor konditsionerlari 7. Ventilyatorlyar 8. Elektr dazmollar 9. Mebel 10. Televizorlar 11. Gilam va gilam buyumlari 12. Magnitofonlar 13. Videomagnitofonlar 14. Radiopryomnik qurilmalari 15. Fotoapparatlar 16. Fotokinoplyonkalar 17. Foto qogʻozlari 18. Galvanik elementlar 19. Barcha turdagi soatlar 20. Telefon apparatlari 21. Personal kompyuterlar 22. Mikrokalkulyatorlar 23. Elektron kassa apparatlari 24. Ogʻirlikni oʻlchash asboblari 25. Sanitariya-texnika anjomlari 26. Maktab-yozuv va kanselyariya ashyolari 27. Tikuv mashinalari 28. Mikserlar 29. Mikro toʻlqinli pech 30. Video va audio kassetalar 31. Kinokameralar 32. Yorugʻlikni oʻta sezuvchi materiallar 33. Fotokino ashyolari 34. Qogʻoz buyumlar 35. Elektr goʻsht maydalagichlar 36. Elektr kofe maydalagichlar 37. Shampunlar 38. Soch boʻyoqlari 39. Elektrobritvalar 40. Tyul-gardinbol (pardabop) toʻr 41. Korset buyumlar 42. Toʻgʻnogʻichlar, ignalar 43. Pishitilgan iplar 44. Mulina iplar 45. Akril iplar 46. Elektrofenlar 47. Elektr qisqichlar 48. Elektroploykalar 49. Manikyur toʻplamlari 50. Kosmetichkalar 51. Toʻy toʻplamlari 52. Yuk avtomobillari (yengil avtomobillardan tashqari) 53. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlar 54. Par va pat mahsulotlari 55. Kalishlar 56. Vazelin, terini parvarishlash uchun kremlar va losonlar 57. Kleyonka 58. Tish choʻtkasi 59. Rezina tasmalar 60. Soqol olish apparatlari, odekolonlar va soqol olishga, olgandan soʻng ishlatiladigan pardoz suvlari 61. Oʻquvchilar daftarlari 62. Qulflar-mayda metall buyumlar 63. Elektr lampalar, shu jumladan lampochkalar 64. Roʻzgʻor audio videotexnikasi uchun ehtiyot qismlar, kuchaytirgichlar va moslamalar 65. Lok-boʻyoq mahsulotlari 66. Roʻzgʻor kimyo tovarlari 67. Kafel 68. Motor moyi 69. Erkaklar va ayollarning paxmoq xalatlari, oʻrin-koʻrpa buyumlari 70. Bosh kiyimlar 71. Jun gazlamalar 72. Zigʻirpoya gazlamalar 73. Gugurt 74. Aholiga sotiladigan dori-darmon vositalari, tibbiy va gigiyena buyumlar, tibbiyot texnikasi |