Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5 avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3424-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-son “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023-yil 2-martdagi 51-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3424, 2023-yil 11-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2023-y., 10/23/3424/0141-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. KULDAShEV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-iyul,
212-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2024-y., 10/24/3424-1/0583-son)