17.07.2024 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.07.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyundagi PF-153-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari ishtirokchilari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini qabul qilish mexanizmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yosh tadbirkorlik subyektlariga berilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida joylashgan davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish vakolatini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2024-yil 1-avgustdan boshlab kichik sanoat zonalari ishtirokchilari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlari bajarilganligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar tomonidan majburiyatlarni bajarish muddati tugagandan soʻng uch oy ichida qabul qilinadi, amalga oshirish muddati 2024-yil 1-avgustga qadar tugagan loyihalar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarning muammolarini oʻrganib, ularni bartaraf etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrga qadar kichik sanoat zonalari ishtirokchilari hamda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilganligi yoki bajarilmaganligini xatlovdan oʻtkazib, ularning hisobini yuritish boʻyicha alohida elektron dasturni ishga tushirsin va har chorakda maʼlumotlarni yangilab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish hamda davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish masalalari boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Hukumat komissiyasining vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalarini shaharning ishlab chiqilayotgan bosh rejasiga muvofiqligini oʻrgangan holda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat zonalari ishtirokchilari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarining bajarilishini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan ishtirokchilarga berilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hukumat komissiyasi (Sh. Umurzakov) ikki oy muddatda Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari ishtirokchilari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari yosh tadbirkorlik subyektlarining majburiyatlari bajarilishini qabul qilishni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida shaharsozlik faoliyati ularning bosh rejasiga muvofiq amalga oshirilishi hamda ajratilgan yer uchastkalaridan boshqa maqsadlarda, shu jumladan, turar joy binolarini qurish uchun foydalanilmasligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan va tadbirkorlarga berilgan hamda investitsiya bitimlari yoki shartnomalarda xususiylashtirilishi koʻrsatilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlarini investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan ishtirokchilarga xususiylashtirib berish boʻyicha tegishli qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
432-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KSZ ishtirokchisining oʻz mablagʻlari — KSZ ishtirokchisining mablagʻlari, shu jumladan, hisobvaragʻidagi mablagʻlar, kredit mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladigan mablagʻlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“45. Direksiyaning tegishli qarori qabul qilinishi KSZ ishtirokchilari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng oʻzlari qabul qilgan barcha ijtimoiy va investitsiya majburiyatlari bajarilganining tasdigʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori KSZ ishtirokchisi tomonidan jalb etiladigan tashkilotlarning nazorat oʻlchovi va auditorlik tashkilotining hisoboti asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi (mavjud boʻlganda) KSZ ishtirokchisi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar, mehnat, soliq va boshqa organlardan olinadigan maʼlumot orqali aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 5-bob quyidagi mazmundagi 451 va 452-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“451. Direksiya zaruratga koʻra, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
452. Direksiya quyidagi asoslarga koʻra investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchisi tomonidan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchisi oʻz faoliyatini loyihada koʻrsatilgan quvvatda amalga oshirmaganda yoki investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchisiga mazkur Nizomga muvofiq yer uchastkalari hamda davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) ajratib berilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchisi Direksiyaning investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat etishga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 7-bob quyidagi mazmundagi 641 — 648-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“641. KSZ hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) mazkur Nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq xususiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajargan KSZ ishtirokchisi davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimga asosan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) qabul qilingan kundan boshlab xususiylashtirishga ariza berilgan davrda KSZ ishtirokchisi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) boʻyicha nazorat oʻlchovi hamda KSZ ishtirokchisi maqomini olganiga kamida uch yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchisi maqomini olganiga kamida besh yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat va davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) KSZ ishtirokchisi tomonidan Direksiya bilan kelishilgan holda ularga qilingan xarajatlar boʻyicha nazorat oʻlchovi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
642. Direksiya besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni (investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilganligi toʻgʻrisida Direksiya qarori, kadastr hujjati, nazorat oʻlchovi, KSZ ishtirokchisiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot) ilova qilgan holda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
643. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi mazkur Nizomning 642-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, xulosa kelib tushgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni Direksiyaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
644 Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan yetti kun muddatda baholovchi tashkilotni belgilangan tartibda jalb etadi. Bunda baholovchi tashkilotni jalb etish uchun ishlab chiqilgan texnik shartda oʻn kun muddatda baholovchi tashkilot tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot va ushbu hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi ekspert xulosasida obyektning bugungi kundagi baholangan qiymati va KSZ ishtirokchisi tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) sarflangan xarajatlar chegirilgan holdagi qiymati, shuningdek, binoga sarflangan xarajatlarni chegirishda, avval mazkur KSZ ishtirokchisiga ijara haqi yuzasidan berilgan chegirmalar inobatga olinishi lozimligi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda baholovchi tashkilot jalb etilgandan soʻng unga mazkur Nizomning 642-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni hamda balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolangan tegishli xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari, madaniy meros, fuqaro muhofazasi obyektlari va servitut mavjudligi hamda KSZ ishtirokchisiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
645. Davlat koʻchmas mulk obyektining bahosi baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangandan keyin Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bir ish kuni ichida KSZ ishtirokchisiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtada topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda KSZ ishtirokchisi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida ekspert xulosasi olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSZ ishtirokchisining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, oʻn ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektini KSZ ishtirokchisi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda KSZ ishtirokchisi davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olishni rad etgan yoki bir oy muddatda munosabat bildirmagan taqdirda, davlat mulkini ijaraga olish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatda faoliyatini amalga oshirishga, shuningdek, ijaraga olish shartnomasi boʻyicha muddat yakunlanganda, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan shartnomani qayta rasmiylashtirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning oʻzaro kelishuviga erishish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar sudlarga murojaat qilishdan avval kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
646. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab besh yil ichida teng ulushlarda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlovning 35 foizi bir oy ichida toʻlanishi lozim, agar toʻlanmagan taqdirda, Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha foizlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida KSZ ishtirokchisiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
647. Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni doirasida KSZ hududidagi yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament talablari asosida xususiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
648. KSZ hududida joylashgan va KSZ ishtirokchilariga berilgan hamda investitsiya bitimlari yoki shartnomalarda xususiylashtirilishi koʻrsatilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan ishtirokchilarga qonunga muvofiq xususiylashtirib beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik sanoat zonasi hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajargan kichik sanoat zonasi ishtirokchisi

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun Direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi.

Bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng

2-bosqich

Direksiya

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.

Besh ish kuni ichida

3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi.

Besh ish kuni ichida

2. Baholovchi tashkilotni jalb etadi va davlat koʻchmas mulki obyektini baholatadi.

Oʻn yetti kun muddatda

KSZ ishtirokchisiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtada topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.

Bir ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi,

Direksiya,

Kichik sanoat zonasi ishtirokchisi

KSZ ishtirokchisining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, davlat koʻchmas mulk obyektini KSZ ishtirokchisi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.

Oʻn ish kuni ichida

5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

KSZ ishtirokchisiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.

Toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-maydagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻlari — Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining mablagʻlari, shu jumladan, hisobvaragʻidagi mablagʻlar, kredit mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladigan mablagʻlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bob quyidagi mazmundagi 251 — 2511-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“251. Yagona direksiyaning tegishli qarorining qabul qilinishi Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng oʻzlari qabul qilgan barcha investitsiya majburiyatlari bajarilganining tasdigʻi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kiritilgan investitsiyalar miqdori Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan jalb etiladigan tashkilotlarning nazorat oʻlchovi va auditorlik tashkilotining hisoboti asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252. Yagona direksiya zaruratga koʻra, investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253. Yagona direksiya quyidagi asoslarga koʻra investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti oʻz faoliyatini loyihada koʻrsatilgan quvvatda amalga oshirmaganda yoki investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mazkur Nizomga muvofiq yer uchastkalari hamda davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) ajratib berilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti Yagona direksiyaning investitsiya majburiyatlari bajarilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan belgilangan tartibda sudga murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254. Yoshlar sanoat zonalari hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq xususiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya majburiyatlarini bajargan Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Yagona direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimga asosan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) qabul qilingan kundan boshlab xususiylashtirishga ariza berilgan davrda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilingan yoki kapital taʼmirlangan davlat koʻchmas mulk obyektlari (ularning bir qismi) boʻyicha nazorat oʻlchovi hamda Yoshlar sanoat yosh tadbirkorlik subyekti maqomini olganiga kamida uch yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti maqomini olganiga kamida besh yil boʻlganini tasdiqlovchi hujjat va davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan Yagona direksiya bilan kelishilgan holda ularga qilingan xarajatlar boʻyicha nazorat oʻlchovi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255. Yagona direksiya besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni (investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarilganligi toʻgʻrisida Yagona direksiya qarori, kadastr hujjati, nazorat oʻlchovi, Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot) ilova qilgan holda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi mazkur Nizomning 255-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, xulosa kelib tushgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni Yagona direksiyaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq besh ish kuni ichida davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar koʻrib chiqilgandan yetti kun muddatda baholovchi tashkilotni belgilangan tartibda jalb etadi. Bunda baholovchi tashkilotni jalb etish uchun ishlab chiqilgan texnik shartda oʻn kun muddatda baholovchi tashkilot tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot va ushbu hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqidagi ekspert xulosasida obyektning bugungi kundagi baholangan qiymati va Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektlariga (ularning bir qismiga) sarflangan xarajatlari chegirilgan holdagi qiymati, shuningdek, binoga sarflangan xarajatlarni chegirishda, avval mazkur Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqi yuzasidan berilgan chegirmalar inobatga olinishi lozimligi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda baholovchi tashkilot jalb etilgandan soʻng unga mazkur Nizomning 255-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni hamda balansda saqlovchining rahbari tomonidan imzolangan tegishli xatlovdan oʻtkazish dalolatnomalari, madaniy meros, fuqaro muhofazasi obyektlari va servitut mavjudligi hamda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga ijara haqidan chegirma berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258. Davlat koʻchmas mulk obyektining bahosi baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangandan keyin Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bir ish kuni ichida Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtadan topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqida ekspert xulosasi olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, oʻn ish kuni ichida davlat koʻchmas mulk obyektini Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olishni rad etgan yoki bir oy muddatda munosabat bildirmagan taqdirda, davlat mulkini ijaraga olish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatda faoliyatini amalga oshirishga, shuningdek, ijaraga olish shartnomasi boʻyicha muddat yakunlanganda, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan qayta shartnoma rasmiylashtirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning oʻzaro kelishuviga erishish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar sudlarga murojaat qilishdan avval kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni koʻrish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259. Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish uchun toʻlovlarni amalga oshirish muddati oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab besh yil ichida teng ulushlarda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlovning 35 foizi bir oy ichida toʻlanishi lozim, agar toʻlanmagan taqdirda, Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha foizlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2510. Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni doirasida Yoshlar sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglament talablari asosida xususiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2511. Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashgan va tadbirkorlarga berilgan hamda investitsiya bitimlari yoki shartnomalarda xususiylashtirilishi koʻrsatilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan ishtirokchilarga qonunga muvofiq xususiylashtirib beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Investitsiya majburiyatlarni bajargan

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish uchun Yagona direksiyaga ariza bilan murojaat qiladi.

Bitimda nazarda tutilgan muddatlar tugagandan soʻng


2-bosqich

Yagona direksiya

Davlat koʻchmas mulk obyektlarini (ularning bir qismini) xususiylashtirish boʻyicha tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.

Besh ish kuni ichida


3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq davlat koʻchmas mulki obyektini xatlovdan oʻtkazish toʻgʻrisida balansda saqlovchiga yozma talabnoma yuboradi.

Besh ish kuni ichida

2. Baholovchi tashkilotni jalb etadi va davlat koʻchmas mulki obyektini baholatadi.

Oʻn yetti kun muddatda


Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga davlat koʻchmas mulk obyektini baholangan qiymatda sotib olish boʻyicha yozma taklif (shaxsan tilxat orqali yoki pochtada topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali) taqdim etadi.

Bir ish kuni ichida


4-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi,

Yagona direksiya,

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektining davlat koʻchmas mulk obyektini sotib olish yuzasidan roziligi olingan taqdirda, davlat koʻchmas mulk obyektini Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasi tuzish orqali sotadi.

Oʻn ish kuni ichida


5-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi

Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini beradi.

Toʻlovlar va penya (yuzaga kelgan taqdirda) toʻliq hajmda qoplangan kundan boshlab besh ish kuni ichida

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazlari ariza toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni “Yerxususiylashtirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimi hamda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tuman (shahar) filialiga, shuningdek, kichik sanoat zonasi (keyingi oʻrinlarda — KSZ) va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar sanoat zonalari) hududidagi yer uchastkalari boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyaga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) kelishish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda, ariza avtomatik ravishda “Yerxususiylashtirish” AAT orqali tuman (shahar) qurilish boʻlimi va Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga, shuningdek, KSZ va Yoshlar sanoat zonalari hududidagi yer uchastkalari boʻlgan taqdirda, Direksiyaga kelishish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Direksiya bir ish kuni ichida KSZ ishtirokchisi va Yoshlar sanoat zonalari yosh tadbirkorlik subyekti tomonidan yer uchastkasi negizida shartnomada belgilangan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilganligi yoki bajarilmaganligi hamda loyihada koʻrsatilgan quvvatda faoliyat koʻrsatilayotganligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosada kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalari ulardan foydalanish maqsadiga koʻra sanoat zonalarining bosh rejasi, ular joylashgan aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, aholi punkti qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlaridan kelib chiqib, yer uchastkasini xususiylashtirish mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 432-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini qabul qilish hamda davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi, komissiya raisi oʻrinbosari

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

B.I. Zakirov

qurilish va uy-joy xoʻjaligi vaziri

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

F.J. Pulatov

Kadastr agentligi direktori

D.A. Vahobov

Savdo-sanoat palatasi raisi

Sh.D. Raxmanov

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2024-y., 09/24/432/0535-son)