Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAVDOGA VA TIJORATGA KOʻMAKLAShUVChI “SAVDOGAR” IXTISOSLAShTIRILGAN AKSIONERLIK-TIJORAT BANKINING FAOLIYAT KOʻRSATIShI UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATIB BERIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-iyundagi“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 122-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish haqida” 1994-yil 18-martdagi Farmoniga muvofiq, shuningdek, bankning normal faoliyat koʻrsatishini va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzsavdobank” tijorat banki va “Oʻzbirlashuvbank” kooperativ banki Kengashlarining ularning negizida savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat banki (“Oʻzsavdogarbank”)ni tuzish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni boshqaruvlarining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari boʻyicha takliflari haqida” 1993-yil 20-yanvardagi 44-son qarorining “Oʻzbirlashuvbank” kooperativ bankini ochishga ruxsat berishga oid 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Taʼsischilar tomonidan “Oʻzsavdogarbank”ning ustav fondi 6 mlrd. soʻm-kupon miqdorida eʼlon qilinganligi va ulardan har birining ulushlari, shu jumladan, Moliya vazirligi — 1 mlrd. soʻm-kupon, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi — 1,5 mlrd., Oʻzbekbirlashuv — 1,5 mlrd. va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki —1 mlrd. soʻm-kupon miqdorida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Oʻzsavdogarbank” ning taʼsischilari bir oy muddatda taʼsis badallarini toʻlasinlar va bankning ustav fondini shakllantirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzsavdogarbank”ning ustav fondi bank aksiyalarini sotishdan olingan mablagʻlar hisobiga shakllanishini nazarda tutgan holda, bank Kengashi ikki oy muddatda aksiyalar chiqarilishini va ular taʼsischilar oʻrtasida joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
“Oʻzsavdogarbank”ni tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatsin;
“Oʻzsanoatqurilishbank” va “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” bilan birgalikda malakali mutaxassislar bilan butlashda yordam koʻrsatsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “Oʻzsavdogarbank” filiallarini telefon aloqasi bilan taʼminlagan holda tegishli xizmat xonalari ajratsinlar.
6. Oʻzbekbirlashuv boshqaruvi oʻn kun muddatda Klara Setkin koʻchasi, 78-uydagi Toshkent viloyati matbuot balansida boʻlgan binoni “Oʻzsavdogarbank” balansiga oʻtkazsin.
7. “Oʻzulgurjibirjasavdo”, “Toshshaharyoʻlovchitrans”, “Oʻzbeksavdo” uyushmalari, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzqishoqxoʻjaliktaʼminottuzatish” qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vazirligi “Oʻzsavdogarbank”ning talabnomasiga koʻra zarur miqdorda inventar, kompyuter texnikasi, transport va aloqa vositalari ajratilishini taʼminlasinlar.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank (F.M. Mullajonov) zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-aprel,
212-son