Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Arxitektura va qurilish sohasi faxriylariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Arxitektura va qurilish sohasi faxriylarini birlashtirish orqali ularning boy professional hayot tajribasidan samarali foydalanish, keksa avlod vakillariga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni yanada kuchaytirish, davlat tomonidan ijtimoiy himoyani, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada yaxshilash hamda arxitektura va qurilish sohasida yosh mutaxassislarni tanlash, shuningdek, va mehnat faxriylarining noyob tajribasi, amaliy mahorati va salohiyatidan faol foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) nodavlat notijorat tashkilotini tuzish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilarni Kengash faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilash tavsiya etilsin:
shaharsozlik va arxitektura sohasini jadal rivojlantirishda arxitektura va qurilish sohasi faxriylarining (keyingi oʻrinlarda — faxriylar) noyob va boy hayot tajribasi, amaliy mahorati va salohiyatidan keng foydalanish;
shaharsozlik va arxitektura sohasini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, ushbu sohada konsepsiyalar va dasturlarni shakllantirishda ishtirok etish;
shaharsozlik sohasidagi zamonaviy talablarni amaliyotga joriy etish, milliy arxitektura-madaniy anʼanalarni rivojlantirish, shuningdek, shahar hududlaridan samarali foydalanish va aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
shaharsozlik normalari va qoidalari hamda standartlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, ushbu sohadagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
faxriylarning sohadagi yosh mutaxassislarni yuksak maʼnaviyat, mehnatkashlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirokini taʼminlash uchun sharoitlar yaratish;
faxriylarining maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish, qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, munosib turmush darajasi va ijtimoiy mavqeyini taʼminlash;
Kengashning respublika arxitektura va qurilish sohasidagi mehnat jamoalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotidagi hamda har bir faxriyni qoʻllab-quvvatlash choralari bilan qamrab olishdagi tashkilotchilik roli va ahamiyatini oshirish;
faxriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish;
faxriylar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan, shu jumladan, sohaga oid oliy va professional taʼlim muassasalarida uchrashuvlar oʻtkazish.
3. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda yirik qurilish tashkilotlarining Kengashga doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatish va unga homiylik xayriyalarini ajratib borish boʻyicha taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi oʻn kun muddatda doimiy ravishda homiylik yordami koʻrsatuvchi yirik qurilish tashkilotlarini Kengashga biriktirish boʻyicha taklif kiritsin.
Kengashning har yilgi xarajatlar va daromadlar smetasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi inobatga olinsin.
4. Belgilansinki:
Kengash raisi transport va tibbiy taʼminot masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Kengashning qarorlari tavsiyaviy xarakterda boʻlib, Kengash tomonidan bevosita yoki bilvosita qurilish tashkilotlari moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga aralashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Kengash ishini samarali tashkil etish va uni doimiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashining vasiylik kengashi tuzilsin.
Belgilansinki, Vasiylik kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri rahbarlik qiladi, uning tarkibiga qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosarlari hamda sohada koʻp yillik amaliy tajribaga ega faxriylar kiritiladi.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi arxitektura va qurilish yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda sohada “ustoz-shogird” anʼanalarini samarali yoʻlga qoʻyishda Kengash faxriylarini doimiy jalb etish choralarini koʻrsin.
8. Adliya vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Kengashning ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda uni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsin.
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki kun muddatda Kengashni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti maʼmuriy binosining zarur sharoitlarga ega xonalariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi ikki kun muddatda Vazirlar Mahkamasining Avtoxoʻjaligiga tegishli 2 ta “Malibu” rusumli avtotransport vositasini Kengashga tekin foydalanish huquqi asosida biriktirsin.
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Kengashning idora anjomlari, tashkiliy texnikalar, mebel va boshqa zarur aloqa vosita turlari bilan, shu jumladan, keng polosali Internet axborot tarmogʻiga ulanishini bepul taʼminlash choralarini koʻrsin.
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi Kengashning iltimosnomasiga muvofiq faxriylarga yuqori sifatli tibbiy xizmatlar, shu jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va klinikalarida diagnostika hamda davolash xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga har yili Kengashning iltimosnomalariga muvofiq faxriylarning respublika sanatoriylarida, shu jumladan xorijdagi Oʻzbekiston sanatoriylarida madaniy dam olishlari hamda davolanishlari uchun bepul yoʻllanmalar ajratish tavsiya etilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-iyul,
431-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 431-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi
TUZILMASI
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Vasiylik kengashi |
|
Kengash |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rais yordamchisi |
|
Rais |
|
|
Bosh buxgalter |
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kengash faxriy aʼzolari |
|
Rais oʻrinbosari |
|
|
Bosh yuriskonsult |
|
|||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Umumiy masalalar boʻyicha mutaxassis |
|
|||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Izoh. Boshqaruv xodimlari soni 6 ta.
* Kengash tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohalari faxriylari kengashi raisi, uning oʻrinbosari hamda jamiyatda yuksak obroʻ-eʼtiborga ega arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 09/24/431/0526-son; 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son)