Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Qarori
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 17-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3489-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 11-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 2023/31-10-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 14-dekabrdagi 01/14-07-2/30-son qarori (roʻyxat raqami 3489, 2024-yil 10-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2024-y., 10/24/3489/0018-son) bilan tasdiqlangan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-iyun,
21-son
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-iyun,
135/25-qr-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 24-iyun,
20-365-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2024-yil 31-may
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 4-iyun
Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2024-yil 13-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-iyundagi 21-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 24-iyundagi 20-365-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
2024-yil 21-iyundagi 135/25-qr-son qaroriga
ILOVA
2024-yil 21-iyundagi 135/25-qr-son qaroriga
ILOVA
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 3-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“biologik faol qoʻshimchalar, vitaminlar, sport ozuqalari, kosmetika va gigiyenik vositalar ishlab chiqarish;”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 5-bandning uchinchi xatboshisi “yuridik shaxs ustavining” degan soʻzlaridan keyin “koʻchirma nusxasi va chet el yuridik shaxsi uchun, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 10/24/3489-1/0525-son)