17.07.2024 yildagi PQ-261-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.07.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim sohasiga yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini joriy etish ishlarini yanada kengaytirish, ular bilan hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSH) hamda “Cintana Education” kompaniyasi (AQSH) oʻrtasida 2023-yil sentabr oyida Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish toʻgʻrisida ahdlashuv memorandumi imzolanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universitetining taʼlim jarayonini tashkil etishda Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan “Cintana Education” kompaniyasi hamkor etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Cintana Education” kompaniyasining (AQSH) Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayonini ilgʻor pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan taʼlim texnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlashga, oʻquv materiallarini samarali va puxta oʻzlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay taʼlim muhitini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning akademik mobilligini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan, professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim-tarbiya jarayonini talabalarda yuksak maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat va sadoqat, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuygʻusi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratgan holda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni oʻqitish uchun toʻlov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi Universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qoʻshma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda qoʻshma taʼlim dasturlarining xorijiy universitetda oʻqish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet faoliyati taʼsischilar mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida talabalarni oʻqitishdan tushgan mablagʻlar, homiylik xayriyalari, grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Cintana Education” kompaniyasi (AQSH) quyidagilarni taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga olishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 2024 — 2030-yillarda 30 million AQSH dollari, 2030 — 2035-yillarda 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish hamda investitsiyalarning kamida 50 foizini Universitet moddiy-texnika bazasini shakllantirishga sarflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga Arizona davlat universitetini hamkor sifatida jalb etish hamda Universitetda taʼlim jarayonini hamkor universitetning andozasi, oʻquv-metodik va texnologik qoʻllab-quvvatlashi asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning kutubxona fondini shakllantirish, uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirish hamda talabalar uchun Arizona davlat universitetining kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda Arizona davlat universiteti va nufuzli reyting tashkilotlarining yuqori 200 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash hamda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining diplomini berishni nazarda tutuvchi qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahri, Beshyogʻoch koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlar unga biriktirilgan hudud bilan birgalikda “Cintana Education” kompaniyasiga (AQSH) Universitetni tashkil etish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv kengashiga quyidagi vakolatlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni rivojlantirish dasturi, maqsadli koʻrsatkichlari loyihasini koʻrib chiqish va kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet oldiga qoʻyilgan vazifalar ijrosi, maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini nazorat qilib borish va yillik hisobotlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsischilarning investitsiyaviy va boshqa majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet rektori va prorektorlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarni koʻrib chiqish va xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning oʻz taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashga ruxsat berish yuzasidan qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Boshqaruv kengashi (O. Abduraxmanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Universitetning Toshkent shahri, Beshyogʻoch koʻchasi, 1-uy manzili boʻyicha joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-avgustga qadar Universitet tomonidan xorijdan jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarni joylashtirish uchun ijara turar joylari tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-sentabrga qadar Universitet kampusini qurish uchun Toshkent shahri hududidan zarur yer maydonining belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi ishlar vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining viza talabnomalariga binoan Universitetga jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlar va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga koʻra Universitetni tashkil etish va uning faoliyat yuritishida ishtirok etadigan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 17-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-261-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyuldagi PQ-261-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O.K. Abduraxmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Boshqaruv kengashi raisi

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Boshqaruv kengashi raisi oʻrinbosari

D.L. Bekker

“Cintana Education” kompaniyasi raisi, Boshqaruv kengashi raisi oʻrinbosari

Ch. Bagchioglu

“Cintana Education” kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy rahbari

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

M.A. Madrahimov

tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari

F.A. Sidikov

Oʻzbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi

B.B. Raxmatov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktori

A.Yu. Xudayqulov

“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi direktori

Sh.B. Umurzakov

Toshkent shahar hokimi

Lavozimiga koʻra

Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universiteti rektori, Boshqaruv kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv kengashi qaroriga koʻra uning faoliyatiga tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/261/0519-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)