08.07.2024 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, aholi orasida tobora ommalashayotgan va elektr quvvatida harakatlanadigan transport vositalarida yoʻllarda harakat ishtirokchilari xavfsizligini ishonchli taʼminlashda qator muammolar yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Yoʻl harakati qoidalari boʻyicha boshlangʻich bilimlarga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan bunday transport vositalari boshqarilayotganligi yoʻllarda turli salbiy holatlarni keltirib chiqarish ehtimolini oshirmoqda. Bunday omillar elektr quvvatida harakatlanadigan transport vositalaridan oʻz bilganicha foydalanishga, yoʻllarda tartibsiz, Yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasdan boshqarishga, yoʻl harakati ishtirokchilari bilan bogʻliq noxush holatlar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi salbiy oqibatlarning oldini olish hamda fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, biroq 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari (moped va skuter) uchun alohida roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi hamda bu turdagi transport vositalari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-oktabrdan boshlab mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan transport vositalarini boshqarish uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlish talab etiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/224/0338-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar vazirligi 2024-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moped va skuterlarni sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi maxsus savdo tashkilotlarini (ishlab chiqaruvchi, uning vakili yoki vositachi (distribyutorlik, dilerlik) tashkilotlarini) YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Transport vositalari hisob maʼlumotnomalari” moduliga integratsiya qilsin va bunday transport vositalari uchun schyot-maʼlumotlar elektron shaklda berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan moped va skuter toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan almashishni joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 393-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom foydalanishda boʻlgan dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, shuningdek, elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan transport vositalarini (keyingi oʻrinlarda — moped yoki skuterlar) davlat roʻyxatidan oʻtkazishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari u kuchga kirgunga qadar yangi, foydalanishda boʻlmagan moped va skuterlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi moped yoki skuterlar Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moped yoki skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — YHXX) hududiy boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moped yoki skuterlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni berish uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Vaqtinchalik nizom 2025-yil 30-sentabrga qadar amal qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/224/0338-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarning texnik tavsiflari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi meʼyorlar talablariga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlar egalari yoki vakillari tomonidan hududiy boshqarmalarga olib kelinadi va ular soddalashtirilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Foydalanishda boʻlgan moped va skuterlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun egalari yoki vakillari hududiy boshqarmalarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moped yoki skuter egasi yoki vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati va unga taqdim etilgan ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moped yoki skuter egasi yoki vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moped yoki skuterning texnik tavsiflari aks ettirilgan savdo tashkilotlari (ishlab chiqaruvchi, uning vakili yoki vositachi (distribyutorlik, dilerlik) tashkilotlar) tomonidan berilgan hujjat (rusumi, identifikatsiyalovchi rama va dvigatellar raqamlari, dvigatelining quvvati, toʻliq vazn va boshqalar aks ettirilgan hujjat), agar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moped yoki skuterga boʻlgan mulkiy va boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat yoki xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjat, agar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moped yoki skuterni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni berish uchun toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati (elektron toʻlov tizimlar orqali toʻlov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar foydalanishda boʻlgan moped yoki skuter uchun 7-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi hujjatlar mavjud boʻlmasa, haqiqatdan ham ushbu moped yoki skuter shu shaxsga tegishli ekanligi, uni qayerdan, qachon olganligi toʻgʻrisida erkin shakldagi tushuntirish xati yozib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy boshqarmalar tomonidan moped yoki skuterlarning rusumi, identifikatsiyalovchi rama va dvigatellar raqamlarining (keyingi oʻrinlarda — texnik koʻrsatkichlari) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelishi yuzasidan texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moped yoki skuterga tegishli maʼlumotlar olib qochilgan va oʻgʻirlangan avtomototransport vositalari boʻyicha maʼlumotlar bazasi bilan taqqoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar maʼlumotlar bazasida moped yoki skuterning qidiruvda ekanligi boʻyicha materiallar mavjud boʻlsa, toʻplangan hujjatlar 24 soat ichida surishtiruv yoki tergov organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qidiruvda boʻlmagan moped yoki skuterlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dvigatelining ish hajmi 25 sm3dan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan holatda moped sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr dvigatelining quvvati 0,25 kilovattdan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, lekin 50 kilometrdan oshmaydigan holatda skuter sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan moped yoki skuterga belgilangan tartibda avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtiriladi va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agregat raqamlarining haqqoniyligiga shubha tugʻdirgan moped yoki skuter ekspertizaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza natijalari salbiy chiqqan holatlarda masʼul xodimlar tomonidan surishtiruv yoki tergov organlariga darhol murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza yakunlari ijobiy boʻlganda, ushbu moped yoki skuter mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish harakatlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/393/0516-son; 15.04.2025-y., 09/25/224/0338-son)