16.07.2024 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi-energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi va neft-gaz sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv jarayoniga yangi taʼlim uslublari va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, energiya resurslarini tejash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugungi kunda elektr energetikasi va neft-gaz sohasida (keyingi oʻrinlarda — yoqilgʻi-energetika sohasi) jami 80 ming nafar xodim faoliyat yuritib kelayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha yagona tizimning mavjud emasligi soha obyektlarida taʼmirlash ishlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatib, avariya holatlari koʻpayishi va baxtsiz hodisalar yuzaga kelishiga sabab boʻlayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishdagi yoʻqotishlar va samarasiz foydalanishlar iqtisodiyotning energiya sigʻimi yuqoriligiga olib kelayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligining Oʻzenergoinspeksiya, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekgidroenergo”, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻztransgaz” va “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda — tarmoq korxonalari) hamda “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati muassisligida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Yoqilgʻi-energetika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda uning hududiy filiallari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Markazning hududiy filiallari tarmoq korxonalari tizimidagi malaka oshirish boʻlinmalarining mavjud bino va inshootlari negizida tashkil etiladi hamda mazkur bino va inshootlar jihozlari bilan birgalikda tarmoq korxonalari tomonidan Markazga uning ustav kapitalini shakllantirish hisobiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarning taʼlim sifatini zamonaviy talablarga muvofiq taʼminlash uchun zarur darajadagi kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va mahoratini uzluksiz oshirish mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va qayta tayyorlashning anʼanaviy shakldagi kurslari mazmunini kasbiy kompetentlikni shakllantirish hamda rivojlantirishga, fanlarni oʻqitishning zamonaviy metodikalarini oʻzlashtirishga, muqobil va mustaqil shakllarini mutaxassislik boʻyicha yangi bilim va koʻnikmalarni egallashga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari oʻquv rejasi hamda taʼlim dasturlarini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish, kasbiy kompetentlik darajasi tahlili natijalarini inobatga olgan holda tabaqalashtirilgan taʼlim dasturlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining taʼlim jarayoni sifati hamda natijadorligini tizimli tahlil qilish, monitoringini yuritishning raqamli axborot tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya auditorligi va energiya menejmenti boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etgan holda malaka oshirish va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy rivojlanish uchun raqamli taʼlim resurslarini yaratish va masofaviy malaka oshirish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishning zamonaviy shakllari, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari asosida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlashga qaratilgan oʻquv jarayonini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilar amaliyotini mahalliy va xorijiy yoqilgʻi-energetika sohasi korxonalarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni keng jalb etish, ilgʻor pedagogik tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika sohasining xar bir yoʻnalishida energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligini oshirishni taʼlimning doimiy tarkibiy qismi sifatida shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz muassislarining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz yoqilgʻi-energetika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha masʼul hisoblanadi hamda shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq korxonalariga oʻz xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Markaz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-apreldan boshlab yoqilgʻi-energetika sohasidagi davlat tashkilotlari hamda tarmoq korxonalarida faoliyat yurituvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar va mutaxassis xodimlar — har besh yilda kamida bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandis-texnik, ishlab chiqarish va ishchi xodimlar — har uch yilda kamida bir marta malaka oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-aprelga qadar Markaz tomonidan yoqilgʻi-energetika sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda yakuniy imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan maxsus elektron platforma ishga tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Energetika vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-sentabrga qadar yoqilgʻi-energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-mayga qadar xorijiy tajriba, sohadagi ilgʻor texnologiyalar va muammolar tahlili asosida yoqilgʻi-energetika sohasini raqamlashtirish boʻyicha oʻquv rejasi va dasturlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida Yaponiyaning “JICA” agentligi bilan birgalikda Energiya menejerlarini tayyorlash markazini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” AJning Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanining Ulugʻbek shaharchasi Xuroson koʻchasidagi 1-uy manzilida joylashgan Kimyo sanoati uchun innovatsion kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va taʼlim klasterini tashkil etish uchun ajratilgan yer uchastkasining boʻsh turgan 2,5 gektar qismini (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) baholangan qiymatda Markazning ustav kapitaliga “Oʻzkimyosanoat” AJning ulushi sifatida kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Energetika vazirligi 2025-yil 1-martga qadar yer uchastkasida Markaz uchun yangi bino va inshootlarni qurish hamda uni jihozlash ishlari toʻliq yakunlanishini taʼminlasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda elektr energetikasi, neft-gaz va energiya samaradorligi boʻyicha oʻquv hamda tajriba-sinov poligonlari, tarmoq korxonalari faoliyatini yuritish va tezkor boshqarishga moʻljallangan dasturiy tizimlar (BI, ERP, MES, SCADA, ASKUE, DCS) boʻyicha kompyuter markazi, virtual laboratoriya va simulyatorlar, zamonaviy oʻquv xonalari, konferensiya zali, kutubxona, sport inshooti va yotoqxona inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj va jihozlash ishlari bilan bogʻliq xarajatlar Markaz va uning muassislari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
426-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/426/0513-son)