Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi QL-1119-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi QL-1119-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-iyun,
4417-IV-son