Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2021-yil 2-mart va Anqara, 2021-yil 23-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1170-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 6-iyunda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mudofaa sanoati sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni (Toshkent, 2021-yil 2-mart va Anqara, 2021-yil 23-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1170-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-iyun,
4426-IV-son