10.06.2024 yildagi 4415-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining 2024-yil besh oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2024-yil besh oyidagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish kabi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asoslarini mustahkamlashga hamda qonunchilikda belgilangan vakolatlarga muvofiq nazorat-tahlil tadbirlarini tashkil etishga hisobot davrida Qoʻmita tomonidan ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita qonun ijodkorligi faoliyati yoʻnalishida jami 4 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan. Oʻtgan davrda qonun loyihalarining 2 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan hamda 1 tasi ikkinchi oʻqish muhokamasiga tayyorlanmoqda. Shuningdek 1 ta qonun loyihasi Qonunchilik palatasi majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish jarayonida rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonunlarning ijrosi holatini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganish, shuningdek muhim masalalar yuzasidan davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitishga doir 11 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, joriy yil 15-mart kuni Qoʻmita majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Taʼlim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bolalarning manfaatlarini hisobga olgan holda yaxshilash orqali nogironlar uchun barcha darajadagi taʼlim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali oʻqitish muhitini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida oʻrganish hamda ularni hal etishga hisobot davrida Qoʻmita tomonidan alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan vaqt ichida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 97 ta murojaat Qoʻmita aʼzolari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan fuqarolardan kelib tushgan takliflar alohida oʻrganilib, takliflari asosli deb topilgan 7 nafar fuqaroga minnatdorlik xati yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari va qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda tushuntirib borish boʻyicha jami 14 ta tashkiliy-amaliy tadbir oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 334 marotaba chiqish qilingan hamda qonun ijodkorligi va qoʻmita faoliyatiga oid materiallarning muntazam yoritib borilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar ham mavjudligini, ularga alohida eʼtibor qaratish lozimligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Qoʻmitaning joylarda qonunlarning ijro etilish holatini oʻrganishga doir ishlarini yanada jonlantirish hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish borasidagi tashabbuskorligini kuchaytirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy monitoring qilib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlariga Qoʻmita huzuridagi ekspert guruhi aʼzolarini kengroq jalb qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasining 2024-yil besh oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarida Qoʻmita masʼul etib belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼulligida boʻlgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish hamda kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni qonun loyihalarini maromiga yetkazishda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosini monitoring qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita aʼzolarining qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish jarayonlarida ekspertlar va ilmiy hamjamiyat vakillari bilan maslahatlashish, ularning salohiyati va ilmiy ishlanmalaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan bandlarning ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4415-IV-son