Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MILLIY VALYUTANING IChKI ERKIN MUOMALADA BOʻLIShI UChUN RESURSLARNI KOʻPAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-dekabrdagi 467-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Valyuta bozorini shakllantirish uchun resurs imkoniyatlarini kengaytirish va milliy valyuta — soʻmning ichki erkin muomalada boʻlishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, shu yilning 15-noyabridan boshlab mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan sotilishi majburiy boʻlgan chet el valyutasidagi tushumning 30 foizi toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ixtiyorida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qayd etib oʻtilgan mablagʻlarni hamda qoʻshimcha valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasida savdolar oʻtkazishga va uning asosida Markaziy bankning tegishli patentlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga soʻmlar erkin muomaladagi valyutaga belgilangan tartibda almashtirib berilishini taʼminlashga yoʻnaltirish tavsiya qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, vakil qilingan tijorat banklari birja savdolariga qoʻyiladigan erkin muomaladagi valyuta miqdorlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, vakil qilingan tijorat banklari fuqarolarning soʻmlarni EMVga uzluksiz almashtirishi uchun ixtisoslashtirilgan almashtirish punktlarining valyuta bilan zarur miqdorlarda taʼminlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 9-bandining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan valyuta mablagʻlari sotib olinishiga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-noyabr,
540-son